From Wikipedia, the free encyclopedia
FlyArystan – Qozogʻistonning Olmaota shahrida baza qilgan lou-koster aviakompaniyasi. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi arzon aviatashuvchi sanaladi. Kompaniya shiori – Say YES! to Travel (oʻzbekcha: Sayohat qilishga "Ha" deng).
| |||||||
Tashkil topgan |
2018-yil 2-noyabr (Air Astana boʻlinmasi sifatida) | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 29-mart, 2019-yil | ||||||
Baza aeroporti | |||||||
Park hududi | 16 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 34 | ||||||
Egasi | Air Astana | ||||||
Bosh qarorgohi | Olmaota, Qozogʻiston | ||||||
Muhim shaxslar |
| ||||||
Sayti | www.flyarystan.com |
Aviakompaniya Air Astana tomonidan egalik qilinadigan lou-koster hisoblanadi. Oʻz faoliyatini 2019-yil may oyida boshlagan va zamonaviy A320 samolyotlari parkida past tarifli reyslarni amalga oshiradi. Yoʻnalishlar tarmogʻi ham mahalliy, ham xalqaro aviaqatnovlarni oʻz ichiga oladi.
FlyArystanning sotuvlari 2019-yil 29-martda oʻz veb-saytida boshlangan. Aviakompaniya dastlabki reyslarini 2019-yil 1-may kuni oʻzining habi – Olmaota xalqaro aeroportidan amalga oshirdi[2].
2018-yil 6-noyabr kuni Olmaotada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Air Astana prezidenti va bosh direktori Piter Foster FlyArystan „bir tomondan raqobatbardosh mahalliy bozorda arzonroq aviachiptalarga boʻlgan talabni qondirsa, boshqa tomondan, Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻylab arzon narxlardagi havo qatnovi uchun ulkan imkoniyatlarning tan olinishi“ deb aytdi.
2022-yil noyabr oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan 4 yulduzli aviakompaniya sifatida tan olindi[3]. FlyArystan 4 yulduzli sifat sifatida baholanadigan 12 ta lou-koster aviatashuvchilardan biridir[manba kerak].
2023-yil iyul oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan „Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yaxshi lou-koster“ deb topildi[manba kerak].
FlyArystan Qozogʻistonning eng yirik mahalliy aviakompaniyasi boʻlib, boshqa aviakompaniyalarga qaraganda koʻproq reyslar va koʻproq oʻrindiqlarni taklif etadi[manba kerak]. FlyArystan ichki yoʻnalishda 12 ta shaharga parvozlarni amalga oshiradi va 28 ta mahalliy yoʻnalishlarni taklif etadi[manba kerak]. Aviakompaniyaning 5 ta mahalliy bazasi bor: Olmaota, Ostona, Atirau, Aqtau va Chimkent[manba kerak].
FlyArystan xalqaro reyslarni 2019-yilda boshlagan[6] va shundan beri u Qozogʻistonning bir nechta aeroportlaridan parvozlarni taklif etadi. 2023-yil sentyabr holatiga koʻra aviakompaniya Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya va Oʻzbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshiradi[7].
FlyArystan 180 oʻrindiqli Airbus A320 samolyotlarining standartlashtirilgan aviaparkiga ega. FlyArystanning A320NEO samolyotlari arzon aviatashuvchi tamoyillariga muvofiq tashish hajmini maksimallashtirib, 188 oʻrindiqqa ega[8][9].
2023-yil sentyabr holatiga koʻra, FlyArystan aviaparki quyidagi samolyotlardan tashkil topgan[10]:
Samolyot | Miqdori | Buyurtmalar | Oʻrindiqlar | Eslatmalar |
---|---|---|---|---|
Airbus A320ceo | 11 | - | 180 | 8 ta samolyot Air Astana aviakompaniyasidan olingan . |
Airbus A320neo | 5 | 2[11][12] | 188 | Airbusdan yangidan xarid qilingan |
Jami: | 16 | 2 |
FlyArystan 2019-yilgi Dubay aviakoʻrgazmasida 30 ta Boeing 737 MAX 8 samolyoti uchun[13] qiziqishi bildirish maktubini topshirdi.
FlyArystanning 2022-yil dekabr oyida maʼlum boʻlgan rejalariga koʻra, aviakompaniya 2023-yil oxirigacha oʻz parkini 19 ta samolyotga yetkazadi[9].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.