Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostonining Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub nasriy bayoni From Wikipedia, the free encyclopedia
„Farhod va Shirin (nasriy bayoni)“ — turkiy shoir Alisher Navoiy qalamiga mansub „Farhod va Shirin“ dostonining Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub nasriy bayoni. Ilk bor 1940-yil Toshkent shahrida chop etilgan. 1956-yil qayta nashr qilingan. 1975-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida Abduqodir Hayitmetov tomonidan tahrir qilingan yangi versiyasi chop etilgan.
Muallif(lar) |
Gʻafur Gʻulom (nasriy bayon muallifi) Abduqodir Hayitmetov (nashrga tayyorlovchi; 1975) |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | doston |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1975) |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1940 1956 1975 |
Sahifalar soni | 248 (1975) |
1940-yil Navoiy „Xamsa“sidagi dostonlar („Hayrat ul-abror“dan tashqari) xalqqa tushunarli boʻlishi uchun nasriy mazmuni bilan chop etilgan. „Farhod va Shirin“ dostonining nasriy mazmunini Gʻulom tayyorlagan. Gʻulom tayyorlagan nasriy mazmun 1940- va 1956-yillarda Hamid Olimjon yozgan kirishsoʻz bilan nashr qilingan. Gʻulom nasriy bayonda dostonning toʻliq mazmunini qamrashga harakat qilgan.[1]
1975-yil Hayitmetov „Farhod va Shirin“ning qisman oʻzgartirilgan versiyasini nashrga tayyorladi. Ushbu versiyani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Norqulov – muharrir, F. Gambarova - rassom, I. Kiriakidi – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 75 000 nusxa.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.