Falastin (grekcha: Παλαιστίνη, Palaistínē; lotincha: Palaestina; arabcha: فِلَسْطِينَ, Filasṭīn, Falasṭīn, Filisṭīn; ivritcha: פלשתינה, Palestīna) – Gʻarbiy Osiyodagi geografik mintaqa. Janubiy Levantda joylashgan boʻlib, odatda Isroil va Falastin davlatlarini oʻz ichiga oladi, ammo baʼzida Iordaniyaning shimoli-gʻarbiy qismlarini ham oʻz ichiga olishi keltirib oʻtiladi. Mintaqaga nisbatan Kanʼon, Vaʼda qilingan yurt, Isroil yurti yoki Muqaddas yer kabi nomlar ham ishlatiladi.
Falastin haqida ilk yozma manbalar miloddan avvalgi XII asrda Misrning yigirmanchi sulolasida paydo boʻlgan, ularda yerlik xalq yoki mintaqa uchun Peleset atamasi ishlatilgan. Miloddan avvalgi VIII asrda ossuriyaliklar mintaqani Palashtu yoki Pilistu deb atashgan. Ellinistik davrda bu nomlar yunon tiliga oʻtilgan va Gerodot „Tarix“ida Palaistin sifatida keltirib oʻtilgan[1]. Rim imperiyasi bu hududni bosib oladi va milodiy 6-yilda Yahudiya deb ataluvchi viloyatni tashkil qiladi, keyin 132-yilda Bar Koxba qoʻzgʻoloni davrida viloyat kengaytirilgan va Suriya Palaestina deb nomlangan. 390-yilda, Vizantiya davrida mintaqa Palaestina Prima, Palaestina Secunda va Palaestina Tertia provinsiyalariga boʻlingan. 630-yillarda musulmonlar Levantni bosib olgandan keyin Jund Filastin harbiy okrugi tashkil etilgan. Falastinning chegaralari tarix davomida oʻzgargan boʻlsa-da, odatda Suriya yoki Levant kabi mintaqalarning janubiy qismini oʻz ichiga olgan. Shuningdek, yahudiy-nasroniy anʼanalarining bir nechta atamalari, jumladan Kanʼon, vaʼda qilingan yurt, Isroil yurti va Muqaddas Yer bilan maʼno jihatdan mos keladi.
Mintaqa yahudiylik va nasroniylikning vatani hamda din, madaniyat, savdo va siyosat chorrahasi notinch sifatida notinch tarixga ega. Bronza davrida kanʼonliklar; temir davrida Isroil va Yahudo yashagan. Oʻshandan beri turli imperiyalar, jumladan, Yangi Ossuriya podsholigi, Yangi Bobil imperiyasi va Ahamoniylar davlati taʼsiri ostida boʻlgan. Mintaqadagi yahudiylarning ellinistik hukmronlikka qarshi qoʻzgʻolonlari Hasmoniylar sulolasi davrida qisqa muddatli mintaqaviy mustaqillikka olib keldi va bu davr mintaqaning asta-sekin Rim imperiyasiga (keyinchalik Vizantiya imperiyasi) qoʻshilishi bilan yakunlandi.
VII asrda Falastin Roshidun xalifaligi tomonidan bosib olinib, mintaqadagi Vizantiya hukmronligiga barham beriladi; Roshidun hukmronligidan soʻng Umaviylar, Abbosiylar va Fotimiylar xalifaliklari hukmronlik qiladi. Salib yurishlari natijasida barpo etilgan Quddus qirolligi qulagach, Falastin aholisining asosiy qismi musulmonlar boʻlgab. XIII asrda Mamluklar davlati, 1516-yildan keyin esa Usmonlilar imperiyasi tarkibiga kirgan. Birinchi jahon urushi paytida Sinay va Falastin kampaniyasi doirasida Buyuk Britaniya tomonidan bosib olingan. 1919 va 1922-yillar oraligʻida Millatlar ligasi Falastin mandatini tashkil qilgan, bu mintaqani mandat sifatida Britaniya boshqaruvida boʻlishiga yoʻnaltirgan. Yahudiylar va arablar oʻrtasidagi ziddiyat 1947–1949-yillardagi Falastin urushigacha koʻtarilib, sobiq Britaniya mandatining qolgan hududi 1946-yilda Iordaniya (Gʻarbiy Sohil) va Misr (Gʻazo sektori) ga nisbatan Isroil oʻrtasida boʻlingan Transiordaniya tashkil etilishi bilan yakunlandi; Arab-Isroil mojarosining keyingi rivojlanishi Isroil-Falastin mojarosining asosiy masalalaridan biri boʻlgan ikkala hududni ham Isroil tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi[2][3][4].
Manbalar
Adabiyotlar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.