From Wikipedia, the free encyclopedia
Epilepsiya[1] — (yunon. epilepsio – ushlab olaman) turli xususiyatga ega boʻlgan takrorlanuvchi epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi[2][3].
Epilepsiya | |
---|---|
Elektroensefalogrammada ko'plab epileptik to'lqinlar | |
Nevrologik kasallik | |
MedlinePlus | 000694 |
Epilepsiya atamasi Gippokrat (mil.av. 460—377-yillar) tomonidan tavsiya etilgan[4]. Keyinchalik ushbu kasallikni Abu Ali ibn Sino (980—1037) ham o‘rgangan.
Dunyo bo‘yicha epilepsiyaning tarqalish darajasi 1000 aholiga 5–10 kishini tashkil etadi[5]. Ammo bu ko‘rsatkich Osiyo va Afrika davlatlarida 3,6—4,2ga teng. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda epilepsiya bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 39 mlndan oshgan[6][7]. Kasallik ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘p uchraydi. Epilepsiya yoshga bog‘liq kasallik bo‘lib, epileptik xurujlar bolalar va 60 yoshdan oshganlarda ko‘p kuzatiladi[8]. O‘rta yoshdagilarda bu kasallik kam uchraydi. Nevropatologlar fikricha, yer sharining 5% aholisi butun umri mobaynida epileptik xurujni kamida bir marotaba boshidan o'tkazadi.
Simptomlarni dorilar yordamida, vagus nerv stimulyatorlari, ketogen parhez yoki ba’zan jarrohlik amaliyoti bilan davolash mumkin. Sipmtomlariga qarab, epilepsiyani medikamentoz yo‘l bilan davolashda quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: karbamazepin, okskarbazepin, valproat, pregabalin, lamotridjin, gabapentin, tiagabin, topiramat, levetirasetam, fenitoin, klonazepam, klobazam, natriy valproat[9].
Ularning ko‘pini xurujlarsiz dori-darmon yordamida davolash mumkin. Biroq, bemorlarning beshdan bir qismida dorilar yordam bermaydi. Epilepsiyaga qarshi preparatlar ayrim mijozlarda charchash, xotira muammolari, jazavaga tushish yoki qo‘l tremori kabi holatlarni ham keltirib chiqaradi[10]. Ba’zan kannabinoidlar asosidagi tortishib qolishga qarshi preparatlarni tavsiya qilish mumkin, bu ayniqsa Lennoks-Gasto sindromi hamda Drave sindromi bo‘lgan bemorlar uchun o‘rinli[11], lekin bu kabi preparatlarning litsenziyasi bir nechta mamlakatlarning hududlari bilan qat’iy cheklangan.
Shuningdek, aniqlanishicha, epilepsiyaga qarshi dorilar yurak huruji hamda Alsgeymer kasalligi rivojlanishi yoxud boshqa turdagi demensiyalar xatarini oshirishi aniqlangan[12]. Epilepsiyaga qarshi preparatlardan uzoq vaqt davomida foydalanish shuningdek gormonal funksiya, biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek aniqlanishicha, levetirasetam, tiagabin, topiramat va vigabatrin kabi vositalar o‘zini-o‘zi o‘ldirish yoxud o‘z joniga qasd qilishni amalga oshirish fikrlari tug‘ilish holatlarini uch baravarga oshiradi[13]. 1920-yillardayoq ishlab chiqilgan ketogen yoxud past uglerodli parhez ko‘plab epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga yordam bermoqda[14]. Ushbu parhezdan o‘tgan 10-15% bolalarda tortishib qolish holatlari birinchi yil davomida to‘liq yo‘qoladi, 90% bolalarda esa bunday holatlar 30%ga kamayadi. Ketogen parhez dori vositalari umuman yordam bermaydigan holatlarda ham naf berishi aniqlangan.
Epilepsiya – polietiologik kasallik. Uning rivojlanishida bir qator salbiy omillar: genetik, bosh miya jarohatlari, tug‘ma anomaliyalar, infeksiyalar, metabolik buzilishlar, intoksikatsiyalar, neyrodegeneratsiyalar va serebrovaskulyar kasalliklarning o‘rni katta[15].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.