Ekibastuz
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ekibastuz —(qozoqcha: Екібастұз) Qozogʻiston Respublikasi Pavlodar viloyatidagi shahar. 1898-yili poydevori qurulib, shahar mavqeini 1957-yilda oldi. Temir yoʻl stansiyasi. Pavlodardan 132 km janubi-gʻarbda. Aholisi 128,584 kishi (2012).
Ekibastuz qoz. Екібастұз | |
---|---|
shahar | |
51°43′47.2″N 75°19′35.7″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Pavlodar viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Verbnyak Aleksandr Fedorovich |
Asos solingan | 1898 |
Ilk eslatilishi | 1876 |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
138,178 [1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 49,60 % ruslar 36,01 % ukrainlar 4,79 % tatarlar 2,80 % olmonlar 2,14 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7187[2] |
Pochta indeks(lar)i | 141200 — 141209[3] |
Avtomobil kodi | S, 14 |
|
Ekibastuzda koʻmir koni ochilgunga qadar, uning sharqiy tomonida tuzli koʻl azaldan "Ekibastuz" degan nom bilan arxiv hujjarlarda uchraydi. Shunga bogʻliq bu yerdan topilgan koʻmir koni ham, shuning yonidagi shaharcha va shahar ham "Ekibastuz" deb nomlanadi. Ekibastuz yosh shahar boʻishiga qaramay, oʻzining yirik korxonalari bilan butun jahonga taniqli. Qisqa vaqt ichida Qozogʻistonning „qora oltinli“ joyida paydo boʻlgan shahar, zamondoshlarimiz uchun nomi afsonaga aylanayapti. Faqat Ekibastuzda birinchi marotaba Qozog'istondagi koʻplab oldingi qatorli texnalogiyalar bilan taʼminlandi, yangi tipdagi qurol-aslahalar oʻrnatildi. Ekibastuz shahri — konchilar va energetiklarning faxri. Hozirgi kunda uchta — „Bogatir“, „Shimoliy“ va „Sharq“ konlaridan koʻmir qazib olinadi. Ekibastuz koʻmiri Qozogʻistonning, O'ral va Gʻarbiy Sibirning elektr stansiyalarining ishlarini taʼminlab turibdi. Shahar faqat geografik joyi bilan emas, balki tarixiy oʻzgachaligiga ham qarab tashkil topdi.
Koʻmir qazib olinadi. Temirbeton buyumlari, taʼmirlashmexanika, kontransport jihozlarini taʼmirlash, sut, pivo zavodlari, goʻsht kombinati ishlab turibdi. Ekibastuz yonida issiqlik elektr stansiyasi bor.
Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 128 584 kishini tashkil qildi, shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yilgi)[4]:
Yili | Jami, ming. kishi | Erkakalar 1000 ayolga | Qozoqlar, ming kishi | Qozoqlar, % | Erkaklar, ming kishi | Ayollar, ming kishi |
---|---|---|---|---|---|---|
1989 | 135,0 | 959 | 26,7 | 19,8 | 66,1 | 68,9 |
1999 | 127,3 | 897 | 47,6 | 37,4 | 60,2 | 67,1 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.