From Wikipedia, the free encyclopedia
Edith Xannam Margaret (inglizcha: Edith Hannam Margaret; 1878-yil 28-noyabr, Angliya, Buyuk Britaniya ― 1951-yil 16-yanvar, Angliya[1]) ― britaniyalik tennischi edi. U 1912-yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarida qatnashib, ikki karra oltin medal so'vindori[2].
Edith Margaret 1878-yil 28-noyabrda Glostershir shtatining Bristol shahrida tavallud topgan. U Jon va Julia Bausherning qizi edi, otasi farmasevt bo'lib ishlagan.
Edith 1909-yilda Long Ashtonda Frensis Jon Xannamga turmushga chiqgan. Kapitan unvoni bilan Gloucestershire polkiga qo'mondonlik qilib, 1916-yil 5-iyulda Frensis Jon Fransiyadagi janglarda halok bo'ldi[3].
1909-yilda Cincinnati Masters tennis turnirida Xannam yakkalik va aralash juftlik bahslarida g'olib chiqdi va juftlik bahslarida finalchi bo'ldi[4]. U yakkalik chempionligi uchun finalda Marta Kinsini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, Edith juftlik finalida Julia Friberg bilan juftlik hosil qildi va Linkoln Mitchell bilan birgalikda aralash juftlik bahslarida gʻolib chiqdi[5].
Shuni etib otish kerakki, 1992-yilga kelib Olimpiadada Xannam daniyalik tennischi Sofi Kastensholdni ikki setda mag'lubiyatga uchratib, ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi[6] va sherigi Charlz Dikson bilan birgalikda aralash juftlik musobaqasida qatnashdi[7]. 1914-yilda hamkori Ethel Larkomb bilan Uimbldonda ayollar juftlik bahslarida finalga chiqdi, ammo to'g'ridan-to'g'ri Elizabet Rayan va Agnes Mortonga yutqazdi[8].
Edith Margaret 1951-yil 16-yanvarda Angliya shahrida vafot etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.