Edimilson Fernandes
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Edimilson Fernandes Ribeiro (talaffuzi: Edimilson Fernandesh Ribeyro) (1996-yil 15-aprelda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Germaniyaning „Mainz 05“ klubi va Shveysariya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Remove ads
Remove ads
Faoliyati
Sion
Fernandes dastlab, „Sion“ klubining yoshlar vakili boʻlgan. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2013-yil 1-iyun kuni „FC Zürich“ga qarshi o‘yinda (4:2) o‘tkazdi[2]. U oʻzining birinchi golini 2015-yilning 1-martida „Luzern“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi. Fernandes Sionning 2015\2016-yilgi Yevropa Ligasi mavsumining 32-turida Braga bilan boʻlgan oʻyinda ham ishtirok etdi. Barcha oʻyinlarda u Sionning asosiy jamoasida 65 marta va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida 41 oʻyin oʻtkazgan[3].
West Ham United
2016-yilning 25-avgustida Fernandes Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan 5 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi[4]. U „West Ham“dagi debyutini 2016-yilning 25-sentabrida „Southampton“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazib, 82-daqiqada Mark Noblening oʻrniga maydonga tushdi[5]. 2016-yilning 26-oktabr kuni Fernandes „West Ham“ uchun birinchi golini Angliya liga kubogida "Chelsea"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi va murabbiy Slaven Bilićning olqishiga sazovor bo‘ldi[6][7].
Fiorentina (Ijara)
2018-yilning 13-avgustida Fernandes Italiyaning „Fiorentina“ jamoasiga sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi[8].
Mainz 05
2019-yil 3-iyunda Fernandes nomaʼlum toʻlov evaziga 4 yillik shartnoma asosida Bundesliganing „Mainz 05“ jamoasiga qoʻshildi[9][10]. 2019-yilning 17-avgustida u liganing „Frayburg“ klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi[11].
Fernandes 2019\2020-yilgi mavsumda Bundesliganing soʻnggi oʻyinida „Mainz“ uchun birinchi golini urdi. U oʻsha oʻyinda ikkinchi boʻlimda almashtirilgandan soʻng, u „Mainz“ning „Werder“ga (3:1) qarshi oʻyinida uchinchi golni kiritgandi[12].
Young Boys (Ijara)
Remove ads
Xalqaro faoliyati
Fernandes Shveysariyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida debyutini 2016-yilning mart oyida Angliyaga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan edi. Ikkinchi oʻyinida, 2016-yil 2-sentyabrda u oʻzining ilk xalqaro golini Bil shaharida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi[13][14].
2016-yilning noyabr oyida Fernandes Farer orollariga qarshi oʻyin uchun Shveysariya terma jamoasiga birinchi chaqiruv oldi[15].
U 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ularga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar Ligasi finalida o‘ynadi va uning jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi[16].
2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdi[17].
Sion
Remove ads
Faoliyat statistikasi
Klub
Yutuqlari
- Shveysariya kubogi: 2014—2015[18]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads