Remove ads
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dvigatel — biror turdagi energiyani (masalan, suv, shamol energiyasini) mexanik energiyaga aylantirib beradigan mashina[1][2]. Tabiiy energetika resurslari (yonilgʻi, suv energiyasi, shamol energiyasi va boshqa) ni toʻgʻridan-toʻgʻri mexanik energiyaga aylantiruvchi dvigatel birlamchi dvigatel deb ataladi (masalan, bugʻ mashinasi, bugʻ turbinasi va boshqa). Birlamchi dvigatel hosil qilgan energiyani boshqa turga oʻzgartiruvchi dvigatel ikkilamchi dvigatel deb ataladi (masalan, elektr yoki pnevmatik dvigatel). Tabiiy energetika resurelari turiga qarab, issiqlik, gidravlik (suv), shamol va boshqa dvigatellar boʻladi. Issiqlik dvigatel oʻz navbatida bugʻ dvigateli va gaz dvigateliga boʻlinadi. Gaz dvigatel ichki yonuv dvigateli deb ham ataladi. Issiqlik dvigatel yadro kuch qurilmalarining tarkibiy elementlari sifatida ishlatilishi mumkin. Dvigatel statsionar (muqim), koʻchma va transport xillariga ham ajratiladi. Statsionar dvigatel bir joyga oʻrnatib ishlatiladi. Kuchma va transport dvigatel traktor, avtomobil va samolyotlarga oʻrnatiladi. Dvigatel asosiy ish organi harakati tarziga qarab, porshenli, parrakli (rotorli) va reaktiv xillarga boʻlinadi (qarang Aviatsiya dvigateli, Avtomobil dvigateli, Reaktiv dvigatel).
Markaziy Osiyo, Misr, Xitoy va Hindistonda qadimda ekinlar eng oddiy dvigatel — charxpadaklar yordamida sugʻorilgan. 18-asr oxirida Angliya sanoatida boshlangan yuksalish mashina texnikasining rivojlanishiga sabab boʻldi. Angliyada 1784-yilda J. Uatt ishlab chiqqan issiqlik dvigateli suv nasoslarida keng qoʻllanila boshladi. I. I. Polzunov 1763-yilda dunyoda birinchi bugʻ ma-shinasini ixtiro qildi. Birinchi ichki yonuv dvigateli loyihasi 1879-yilda tuzildi. Germaniyada 1885-yilda ixtirochilar Daymler va Bens benzin bilan ishlaydigan ixcham ichki yonuv dvigatelini qurdi. 1893-yilda nemis olimi R. Dizel yangi prinsipda ishlaydigan dvigatelni (dizelni) yaratdi. 1911-yilda rus ixtirochisi Y. V. Mamin 18 va 33 kVtli dvigatelni traktorga oʻrnatdi. 1888—89-yillarda rus olimi M. O. Dolivo-Dobrovolskiy 3 fazali asinxron elektr mashinasini yasadi.
20-asr 1-yarmida issiqlik dvigatelining yangi turi 3 — gaz turbinali dvigatel yaratildi. U aviatsiyada eng keng tarqalgan (aviatsiyada ular turboreaktiv dvigatellar deb ataladi). Gaz-turbinali dvigatellardan issiqlik elektr styalarida elektr generatorlarini harakatlantirishda gaz-turbovozlar, ogʻir kj avtomobillari va boshqa transport vositalarida, kemalar, katerlar va suv osti kemalarida tortuvchi dvigatellar sifatida foydalaniladi. Rus olimi K. E. Siolkovskiy dunyoda birinchi boʻlib raketa dvigatellarining asosiy elementlarini bayon qildi. Raketa dvigatellari reaktiv dvigatelning bir turi hisoblanadi. Havoreaktiv dvigatellari da yonish kamerasiga yonilgʻidan tashqari havo ham beriladi. Shu bois ulardan faqat atmosferaning zich qatlamlarida uchishdagina foydalanish mumkin. Raketa dvigatellari ga havo shart emas (yonilgʻining barcha aralashmalari bularning oʻzida mavjud), ular havosiz boʻshliq, yaʼni koinotda bemalol ishlay oladi. Ushbu dvigatellar asosan jangovar raketalarga hamda kosmik kemalarnmt raketa eltuvchilariga oʻrnatiladi. Yuliy Gagarin boshqargan birinchi „Vostok“ kosmik kemasi dvigatelining quvvati 14 million kVt (20 million o. k.) edi. Bugʻ turbinalari yirik elektr stansiyalarining asosiy dvigateli boʻlib qoldi. Masalan, Toshkent GRES ida har qaysisining quvvati 165,000 kVt dan boʻlgan bugʻ turbinalari, Sirdaryo GRESida esa 300,000 kVtli bugʻ turbinalari ishlab turibdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.