From Wikipedia, the free encyclopedia
Displey (ing . display — qayta koʻrsa-tish) — matn yoki grafik koʻrinishdagi maʼlumotlarni elektronnurli as-bob ekraniga chiqarish uchun moʻljallangan qurilma. Monoxrom (bir rangli) va koʻp rangli xillari boʻladi. D. bevosita videoadapter qurilmasi boshqaruvi asosida ikki rejimda — matn yoki grafik koʻrinishidagi axborot bilan ishlaydi. Matnli rejimda kompyuter ekrani belgi oʻrinlari deb ataladigan 25 qator va 80 ustunga boʻlinadi. Grafik rejimda ekran piksel deb nomlanuvchi nuqtalar toʻplamidan ibo-rat boʻladi. Bu nuqtalar soni va rang-baranglik darajasi kompyuterda ishlatilayotgan adapterlarning turiga boglik boʻladi. Ayni vaqtda EGA (Enhanced Graphic Adapter — imkoniyati keng grafik rejimli adapter), VGA (Video Graphic Adapter — videografik matritsa), SVGA (Super VGA) — turli rangli D.lar keng tarqalgan. Bu adapterlar yordamida ekranda kupi bilan 256 xil rangli 800x600 gacha boʻlgan nuqtalar hosil qilish mumkin. D.lar va ularning imkoniyat darajasi tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.