From Wikipedia, the free encyclopedia
Dinshunoslik - dinlar tarixi, ular bilan bog'liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri “tarix otasi” nomini olga nGerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu qiziqish o‘rta asr Yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni boshqa dinlarga kirib ketmasliklarini ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozara)larni o‘z ichiga olgan “maqola”lar (keyinchalik “maqolot”), VIII -IX asrlardan e’tiboran esa boshqa dinlarga “raddiya”lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa “al-Firaq” (Firqalar), “ar-Radd” (Raddiya), “ad-Diyonot” (Dinlar) va “al-Milal” (Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
“Ad-Diyonot” (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-Navbaxtiyning (vaf. 910) “al-Aro’ vad-diyonot” (E’tiqodlarvadinlar) kitobi hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (957) o‘zining “ad-Diyonot” (Dinlar), Masbihiy (1029) “Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti” (Dinlar va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek Beruniyning (973-1048) “Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil aqli av marzulatin” (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan
Hindistonga oid izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
“Al-Firaq” (Firqalar) yo'nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur Abdulqodir al-Bag'dodiyning (vaf. 1038) “al-Farqbaynal-firaq” (Firqalar orasidagi farq) asari hamda Abul-Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf. 1092) “Baynal-adyon” (Dinlarorasida) asarlarini kiritish mumkin.
“Al-Milal” yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012) “al-Milal van-nihal” (Dinlarvaxalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf. 1064) “Kitobul-fasl fil-milalval-ahvoi van-nihal” (Dinlar, havo va xalqlar haqida ajraluvchi kitob), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniyning (vaf. 1183) “al-Milal van-nihal” asarlarini sanash mumkin.
“Ar-Radd” (Raddiya) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini ko‘rgan. Ularga Imom Gʻazzoliyning (vaf. 1111) “ar-Raddul jamil” (Go‘zalraddiya), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821) “Kitobul-asnam” (Butlar kitobi) nomli asarlarini alohida qayd etish lozim.
Islom olamida qiyosiy dinshunoslik sohasida ham salmoqli ishlar qilingan. Ulardan Abu Rayhon Beruniyning “al-Osorul boqiya” (Boqiyasarlar), Ibn Nadimning (vaf. 990) “al-Fihrist” (Mundarija), Muhammad ibn al-Huzaylning (vaf. 840) “Kitobul-Majus vakitobus-sanaviya” (Majusiylik va ko‘p xudolilik kitobi), Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad as-Saraxsiyning (vaf. 899) “Risola fi vasfi mazohibis-sobiiyn” (Sobiiylarning mazhablari vasfi haqida risola), Abu Zayd al-Balxiyning
(vaf. 941) “Kitobu sharo’iil adyon” (Dinlar shariatlari
kitobi) asarlarini sanab o‘tish mumkin.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. Gʻarbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823—1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856-yilda “Qiyosiy mifologiya” va 1870-yilda nashrdan chiqqan “Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari” nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma’ruzalar o‘qigan. O'zining “Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi” asarida u ilk bora "religious studies" (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tileva Shantepi de la Sosse bu borada izchil faoliyat olib borganlar. Shunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij, Bryusselva Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan joy olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan sohada bir qancha mutaxassislar yetishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Biyenchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, XansJ.Shoyps va Mixayel Paylar nomini zikr qilishimiz mumkin[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.