From Wikipedia, the free encyclopedia
Dilshod Qobilmuhamadovich Choriyev (1985-yil 3-iyulda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati) — oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston chempionatlari sovrindori, Osiyo chempionatlari chempioni va sovrindori, Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati sovrindori. 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Dilshod Choriyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
3-iyul 1985-yil Qashqadaryo viloyati, OʻSSR |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Bronza | Rotterdam 2009 | 90kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Kumush | Guanchjou 2010 | 90kg gacha |
Kumush | Inchxon 2017 | 90kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Kumush | Taypey 2009 | 90kg gacha |
Bronza | Abu-Dabi Min 2011 | 90kg gacha |
Oltin | Toshkent 2012 | 90kg gacha |
U oʻrta vazn toifasida (90 kg gacha) ishtirok etadi. Oʻzbekiston chempionatlarining bronza (2004-yilda) va kumush (2014-yilda) medallari sovrindori sanaladi. 2009-yilda Choriyev Taypeydagi Osiyo chempionati kumush, Rotterdamdagi jahon chempionati bronza medalini qoʻlga kiritadi. Keyingi yili u Guanchjoudagi Osiyo oʻyinlarida ikkinchi oʻrin tutib, 2011-yilda Abu-Dabidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. 2012-yili Toshkentda oʻtkazilgan uy chempionatida Choriyev qitʼa chempioni boʻladi. 2014-yilda Incheonda yana Osiyo oʻyinlari kumush medalini qoʻlga kiritadi.
2012-yilda Londondagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Choriyev ilk jangida yaponiyalik Masashi Nishiyamaga yutqazib qoʻyadi. Tasalli seriyasida u shved Markus Nayman va vengriyalik Tamas Madaras ustidan gʻalaba qozonadi, ammo braziliyalik Tiago Kamilga imkoniyatni boy berib, hisob natijasida yettinchi oʻrinni egalladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.