From Wikipedia, the free encyclopedia
Detroit Pistons — NBA Sharqiy konferensiyasining markaziy divizionidagi professional basketbol jamoasi.
1941-yilda Indiana shtatining Fort Ueyn shahrida Fort Ueyn (Zollner) Pistons sifatida tashkil etilgan klub 1948-yilda NBAga qoʻshilishdan oldin Milliy Basketbol Ligasida (NBL) oʻynagan. 1957-yilda jamoa Michigan shtatining Detroit shahriga koʻchib oʻtdi. 2017/18-yilgi mavsumdan boshlab ular uy oʻyinlarini Little Caesars Arenada oʻtkazishdi.
Pistons besh marta chempionlikni qoʻlga kiritgan: 2 marta NBL va 3 marta NBAda, oxirgi marta 2004-yilda chempion boʻlgan. Jamoa tarixidagi eng esda qolarli sahifalardan biri „Yomon bolalar davri“ deb ataladi: 1986-yildan 1990-yilgacha boʻlgan davrda jismoniy va tajovuzkor oʻyin uslubi tufayli Pistons NBAda ustunlik qilishdi va ikkita gʻalaba qozonishdi.
Muxlislarning yaxshi qoʻllab-quvvatlashiga qaramay, kichik shaharchada katta rentabellikka erishish qiyin edi. 1957-yilda Zollner jamoani Fort Ueyndan 150 km uzoqlikda joylashgan Detroytga koʻchirishga qaror qildi. Detroyt ancha katta shahar edi va oʻn yildan ortiq basketbol klubiga ega emas edi: 1947-yilda NBL vakili Detroyt Jeyms Minneapolisga (hozirgi Los Anjeles Lakers) koʻchib oʻtdi bu vaqtda ABAning Detroit Falcons jamoasi bankrot boʻldi. Detroytga koʻchib oʻtishning sababi, Zollner mahsulotlarining aksariyati ushbu shaharning avtomobil kompaniyalariga yetib kelardi. Jamoa nomi yangi shaharga juda mos kelgani uchun uni oʻzgartirmaslikka qaror qilishdi. Dastlabki toʻrt mavsumda klub uy uchrashuvlarini „Olimpiya“ stadionida (oʻsha paytda Detroyt Red Vingsning uyi) oʻtkazdi. 1950-yillar oxirida jamoa tarkibiga Jin Shue, Dik MakGuayr va NBA tarixida birinchi boʻlib bir mavsumda 2000 dan ortiq ochko toʻplagan Jorj Yardli kabi sportchilar kiritilgan.
Klub Indiana shtatining Fort Ueyn shahrida joylashgan boʻlib, Fort Ueyn Zollner Pistons deb nomlangan. Jamoa avtomobillar, yuk mashinalari va poyezdlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Zollner korporatsiyasi asoschisi Fred Zollnerga tegishli edi. U Milliy Basketbol Ligasida oʻynadi, ketma-ket uch marta Butunjahon professional basketbol turnirida gʻolib chiqdi. Uy oʻyinlarini oʻrta maktab sport zalida oʻtkazgan. 1948-yilda klub Fort Ueyn Pistons deb oʻzgartirildi va boshqa uchta NBL jamoasi bilan birga Amerika Basketbol Assotsiatsiyasiga koʻchib oʻtdi. Fred Zollner NBL va BAAning birlashishida va 1949-yilda BAA va NBLdan yangi Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining shakllanishida katta rol oʻynadi. Oʻsha yildan boshlab „Pistons“ yangi tashkil etilgan ligada oʻynay boshladi[1]
1953-54 va 1954-55 mavsumlarida Pistons oʻyinchilari koʻp holatlarda kelishilgan oʻyinlarda gumon qilinardi. Xususan, 1955-yil yakuniy oʻyinda Pistons Syracuse Nationalsga magʻlub boʻlgandi[2] 7-hal qiluvchi oʻyinda Detroits ikkinchi chorak boshida 41-24 hisobida oldinda bordi, ammo oʻyin oxirida magʻlub boʻldi[3]
Naismith Memorial Basketball Hall of Fame aʼzolari | |||||||||
Oʻyinchilar | |||||||||
No. | Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili | No. | Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
14 | Andy Phillip | G/F | 1952-1956 | 1961[4] | 22 | Dave DeBusschere | F | 1962-1968 | 1983[5] |
17 | Bob Houbregs | C/F | 1954-1958 | 1987[6] | 20 | Bobby McDermott | G | 1941-1946 | 1988[7] |
21 | Dave Bing | G | 1966-1975 | 1990[8] | 11 | Harry Gallatin | F/C | 1957-1958 | 1991[9] |
16 | Bob Lanier | C | 1970-1980 | 1992[10] | 8 | Walt Bellamy 1 | C | 1968-1970 | 1993[11] |
15 | Dick McGuire | G | 1957-1960 | 1993[12] | 26 | Buddy Jeannette | G | 1943-1946 | 1994[13] |
12 | George Yardley | F/G | 1953-1959 | 1996[14] | 18 | Bailey Howell | F | 1959-1964 | 1997[15] |
11 | Bob McAdoo | F/C | 1979-1981 | 2000[16] | 11 | Isiah Thomas | G | 1981-1994 | 2000[17] |
4 | Joe Dumars | G | 1985-1999 | 2006[18] | 45 | Adrian Dantley | F | 1986-1989 | 2008[19] |
10 | Dennis Rodman | F | 1986-1993 | 2011[20] | 24 | Nathaniel Clifton | C/F | 1956-1957 | 2014[21] |
1 | Allen Iverson | G | 2008-2009 | 2016[22] | 1 | Tracy McGrady | G/F | 2010-2011 | 2017[23] |
33 | Grant Hill | F | 1994-2000 | 2018[24] | 6 | Chuck Cooper | F/G | 1956 | 2019[25] |
3 6 | Ben Wallace | C | 2000-2006 2009-2012 | 2021[26] | 84 | Chris Webber | F | 2007 | 2021[27] |
Murabbiylar | |||||||||
Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili | Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili | ||
2 | Chuck Daly | Head coach | 1983-1992 | 1994[28] | Larry Brown | Head coach | 2003-2005 | 2002[29] | |
Homiylar | |||||||||
Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili | colspan="2" | Ismi | Pozitsiyasi | Faoliyati | Aʼzo boʻlgan yili | ||
Fred Zollner | Founder/Owner | 1941-1974 | 1999[30] | 17 | Earl Lloyd 3 | F | 1958-1960 | 2003[31] | |
Bill Davidson | Owner | 1974-2009 | 2008[32] | Dick Vitale 4 | Head coach | 1978-1979 | 2008[33] | ||
10 | Rod Thorn | G | 1964-1965 | 2018[34] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.