Deh Rawood tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Deh Ravud — Afgʻoniston janubida joylashgan Uruzgan viloyatidagi tuman boʻlib, tuman markazidagi shahar ham shu nomi bilan ataladi[1]. Deh Ravud Hilmand daryosi boʻyida joylashgan. Tumandagi asosan Pushtunlar, Nurzay va Populzay qabilalari istiqomat qiladi.
Niderlandiya NATOning Uruzgan viloyatidagi xalqaro xavfsizlik kuchlarini (ISAF) ifodalovchi Deh Ravodda AQSh va Afgʻoniston armiyasining avvaldan mavjud bazalari yonida harbiy baza oʻrnatdi.
Hukumat tarkibiga tuman hokimi, militsiya boshligʻi, sud, tarmoq boʻlimlari va uchta tuman shoʻrolari kiradi:[2]
2009-yil 19-noyabrda Deh Ravud tumanida xudkush terrorchi odam gavjum joyda oʻzini portlatib yuborgani xabar qilingan edi. Buning oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 13 kishi yaralandi[3].
2009-yil 17-dekabrda yana bir xudkush-terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Biroq u tuman shtab-kvartirasiga kirishni uddalay olmagan[4].
2020-yil 16-dekabrda Tolibon tumanga kutilmagan hujum uyushtirdi va 20 nafar ANDSF aʼzosini, shu jumladan tuman politsiya boshligʻi oʻrinbosarini oʻldirdi. Tolibon hududda qolgan militsiya kuchlari tomonidan siqib chiqarilgunga qadar tuman bozorini egallab olgan[5].
2020-yilning 29-dekabr kuni shahar markazida Tolibon bayrogʻi ilingan. Bu afgʻon kuchlari hududni tark etgani haqida dalolat[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.