Daxmai shohon (Buxoro)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Daxmai shohon (Shohlar daxmasi, Podshohlar xilxonasi) — meʼmoriy yodgorlik. Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari vakillari dafn etilgan daxmalardan tashkil topgan xilxona. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlogʻidagi Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan.
Daxmai shohon | |
---|---|
Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohon — Shohlar daxmasi (Podshohlar xilxonasi) | |
Joylashuvi |
Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi Qasri Orifon qishlogʻi Kogon tumani Buxoro viloyati Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39.801442115204416°N 64.53651191068052°E /--> |
Konfessiya | islom |
Turi | xilxona |
Qurilish boshlanishi | XV asr |
Qurilish yakunlanishi | XIX asr |
Qurilish materiali | marmar va pishgan gʻisht |
Daxmai shohon (Buxoro) Vikiomborda |
Daxmai shohon "Raravi daroz" nomli uzun yoʻlak boʻylab joylashgan, toʻrtburchak tarhli, 2,5 metr balandlikda, usti kulrang marmarlar bilan qoplangan. Marmardagi tokchalar, ustunchalar, bezaklar, naqshlarning baʼzida yozuvlar bilan uygʻun holda uchrashi marmar oʻymakorligi va xattotlik sanʼatining oʻziga xos namunalaridir[1].
Daxmai shohon sufa shaklida baland koʻtarilgan 6 ta daxmalardan tashkil topgan. Daxmalar katta gʻishtin parallel koʻrinishida boʻlib, bezakli marmar bilan qoplangan. Ustidagi qabrtoshlar yuzasiga bitilgan Qurʼon oyatlari, tarixiy ismlar va sanalar, sanʼatkorona bezaklari hamda oʻziga xos, betakror meʼmoriy shakli bilan diqqatga sazovordir[1].
Daxmai shohondagi "Temuriy sultonlar daxmalari", "Shayboniylar daxmasi", "Abdullaxon II daxmasi", "Imomqulixon daxmasi", "Subhonqulixon daxmasi", "Podsho Oyim daxmasi", "Ubaydullaxon II daxmasi" har biri alohida nom ostida Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan[2].
Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida unda XV asrga va Temuriylarga tegishli daxmalar aniqlangan.
Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida unda XVI asrga va Abdullaxon IIga tegishli "Abdullaxon daxmasi" aniqlangan[1].
Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida 1690-yillarda Subhonqulixon va uning xotini Sitorai Mohi xossa tomonidan 3 ta daxma ("Subhonqulixon daxmasi", "Ubaydullaxon daxmasi", "Podsho Oyim daxmasi") qurilganligi; daxmalarda Imomqulixon va Nadr devonbegilarning nomlari ham bitilganligi aniqlangan[1].
Manbalarga koʻra, Abulfayzxon ham shu yerda dafn etilgan[3][4].
Subhonqulixon va Ubaydullaxon daxmalarining tarxi bir-birini takrorlaydi. Ularning janubiy qismida qubbasimon koridor-vestibul, uning tomida tuynuklar, shimoliy devorida esa qubbasimon daxmalarga olib kiruvchi eshiklar joylashgan[1].
Ayollar daxmasi — bir-biri bilan qiya gumbazli xochsimon shakllar koʻrinishidagi keng tuynuklar orqali tutashtirilgan 6 ta xonadan iborat. Xonalardan birining tepasi zinapoyali vestibul hisoblanadi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.