From Wikipedia, the free encyclopedia
David Starr Jordan (talaffuzi: Devid Starr Jordan; 1851-yil 19-yanvar — 1931-yil 19-sentyabr) — amerikalik ixtiolog, zoolog va patsifist; Indiana (1884-1891) va Stanford (1891-1913) universitetlari prezidenti.
David Starr Jordan | |
---|---|
Tavalludi |
19-yanvar 1851-yil Wyoming, Nyu-York, AQSH |
Vafoti |
19-sentyabr 1931-yil (80 yoshda) Stanford, Kaliforniya, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Botanik, zoolog, avtobiograf, ixtiolog, yevgenik, pedagog, yozuvchi, tabiatshunos |
Ish joylari |
|
Ilmiy darajasi | Ph.D. |
Nyu-York shtatining Gainesville shahrida tugʻilgan. Jordan bolalik chogʻlaridanoq botanika va oʻsimliklar taksonomiyasiga qiziqqan. 1869-yilda u Cornell universitetiga oʻqishga kiradi hamda 1872-yilga kelib magistrlik darajasini oladi. U Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻrta Gʻarbiy qismidagi turli oliy oʻquv yurtlarida dars beradi va fan bilan shugʻullanadi.
1874-yilda Jordan AQSh Baliqchilik qoʻmitasining laboratoriyasiga tashrif buyuradi va u yerda ixtiolog Spenser Fullerton Berdning taʼsiri ostida boʻladi. 1880-yillarning oʻrtalariga kelib Jordan Berdning moliyaviy koʻmagi ostida birinchi ekspeditsiyasini Indiana va Viskonsin shtatlarida, 1876-yildan keyin esa asosan AQShning janubida asosan baliqlari kam boʻlgan hududlarda har yili ixtiologik ekspeditsiyalarni tashkil uyushtiradi; toʻplangan namunalar esa oʻsha yillarda Berd rahbarlik qilayotgan Smitson institutiga yuborilgan.
1876-yilda u Butler universitetining professori sifatida oʻzining asosiy asarlarini nashr etadi: „Shimoliy Amerika Qoʻshma Shtatlarining umurtqali hayvonlari uchun qoʻllanmasi, shu jumladan Missisipi daryosining sharqida joylashgan hudud va Shimoliy Karolina va Tennessi shimolida joylashgan va dengiz turlarini oʻz ichiga olmaydi“. (inglizcha: A Manual of Vertebrates of the Northern United States Including the District East of the Mississippi River and North of North Carolina and Tennessee, Exclusive of Marine Species).
1878-yilga kelib u falsafa fanlari doktori[1] boʻldi. 1879-yilda esa Indiana universitetida zoologiya professori lavozimini egalladi. 1880-yilda Berd sharafi bilan uyushtirilgan, mamlakat baliqchilikni tekshirish munosabati bilan Jordan AQShning butun Tinch okeani sohillari boʻylab, Meksikadan Kanada chegarasigacha boʻlgan baliqlarni oʻrganish uchun ekspeditsiya uyushtiradi. 1884-yilga kelib esa zoologiya professori tomonidan Indiana universiteti prezidenti boʻlish taklifi beriladi. Garchi Jordan ilm-fan bilan shugʻullangan boʻlsa-da, u samarali boshqaruvchi edi va universitetning moliyaviy ahvolini yaxshiladi.
1891-yilda Jordanga, Stanford universitetining birinchi prezidenti boʻlish taklifi beriladi. U rozi boʻladi; U bilan Indiana universitetining bir qator professorlari va talabalari Kaliforniyaga koʻchib ketishadi. Jordan 1913-yilgacha prezident va 1916-yilgacha esa kansler (universitet rahbari) lavozimlarida ishlagan.
1896-1900-yillarga kelib u Evermann bilan hamkorlikda toʻrt jildlik klassik Fishes of North and Middle America maʼlumotnomasini nashr etadi.
1905-yilga kelib, u oʻz xoʻjayini, universitet homiysi boʻlgan Jeyn Stenfordning oʻlimining tabiiy sabablarini eʼlon qilib, zaharlanganligi toʻgʻrisidagi dalillarni yashirdi.
20 asrga kelib u jurnalistika bilan shugʻullangan; patsifistik qarashlarga amal qildi, yevgenika boʻyicha bir qator asarlar nashr etdi. U urushni insonning eng kuchli shaxslarini yoʻq qiladigan gʻayritabiiy faoliyat deb hisoblaydi[2].
David Starr Jordan 1931-yilga kelib, Palo-Altoda 80 yoshida vafot etdi.
1986-yilda ushbu olim sharafiga Jordan mukofoti taʼsis etilgan (inglizcha: David Starr Jordan Prize) har uch yilda bir yosh olimga evolyutsiya, ekologiya, populyatsiya biologiyasi yoki organizm biologiyasi sohasidagi innovatsion hissalari uchun beriladigan xalqaro mukofotdir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.