Chili flamingosi(Phoenicopterus chilensis) boʻyi 110-130 smga yetadigan yirik flamingolar turi. Amerika flamingosi va katta flamingo bilan chambarchas bogʻliq[3]. Ushbu tur IUCN tomonidan xavf ostida qolgan hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan.

Qisqa faktlar Chilean flamingo, Ilmiy tasniflash ...
Chilean flamingo
Thumb
Chili flamingosi va uning tuxumi
Thumb

Near Threatened  (IUCN 3.1)[1]
CITES Appendix II (CITES)[2]
Ilmiy tasniflash
Olam Hayvonlar
Tip Xordalilar
Sinf Qushlar
Turkum Phoenicopteriformes
Oila Phoenicopteridae
Urugʻ Phoenicopterus
Tur
P. chilensis
Binar nomi
Phoenicopterus chilensis

Molina, 1782
Thumb
Sinonimla
  • Phoenicoparrus chilensis (Molina 1782)
  • Phoenicopterus ruber chilensis (Molina 1782)
  • Phoenicopterus ignipalliatus Orbigny & Geoffroy Saint-Hilaire
Yopish

U Janubiy Amerikada Ekvador va Perudan Chili va Argentinagacha, sharqda Braziliyada uchraydi. Barcha flamingolar singari, u ham loydan yasalgan uyaga bitta oq rangli tuxum qoʻyadi.

Bu flamingolar asosan tuzli va sodali koʻllarda yashaydi. Ammo bunday hududlarda suvning ifloslanishi sababli flamingolarning yashash joyi qisqarib bormoqda.

Tavsif

Thumb
Rio Grande-du-Sulda, Braziliyada uchayotgan suruv
Thumb
Thumb
Durrell Wildlife Parkdagi Chili flamingosining boshi (Jersi)

Patlar biroz pushtiroq, ammo Karib dengizi flamingosi kabi toʻq pushti emas. Bu turlar boshqa flamingolarda pushti boʻgʻinlari boʻlgan kulrang oyoqlari bilan farqlanishi mumkin. Yosh joʻjalar hech qanday pushti rangga ega boʻlmaydi, aksincha, kulrang yoki shaftolirang tusda boʻladi[4].

Oziqlanishi

Chili flamingosining tumshugʻida taroqsimon tuzilmalar joylashgab boʻlib, ular suv oʻtlari va planktonlarni oʻzi yashaydigan qirgʻoq boʻyidagi balchiqlar, estuariylar, lagunalar va shoʻr koʻllar suvidan filtrlash imkonini beradi[5].

Koʻpayish

Chili flamingolari tabiatda katta today hosil qilib yashaydi. Koʻpayish mavsumida erkaklar va urgʻochilar juftlarni jalb qilish uchun turli xil xatti-harakatlarni namoyish etadilar, jumladan, boshlarini yonma-yon yonma-yon aylantirish va qanotlarini tez-tez ochib yopish. Umuman olganda, flamingolar atrof-muhit sharoitlari koʻpayish uchun qulay boʻlmaguncha koʻpayishni kechiktiradilar[6].

Erkaklar va urgʻochilar ustun shaklidagi loy uyani birgalikda quradilar va ikkalasi ham urgʻochi qoʻygan tuxumni bosib yotadi[7]. Yangi chiqqan joʻjalarning patlari kulrang boʻladi. Patlari pushti rangga kirishi uchun 2-3 yil ketadi. Erkak va urg‘ochi flamingolar o‘z bezlaridan bolalarini boqish uchun to‘yimli suyuqlik ishlab chiqarishi mumkin. Ularning oziqlanishi tufayli tufayli bu sut qip-qizil rangga ega[5].

Asirlikda

Yevropada birinchi boʻlib 1958-yilda Chili flamingosi Bazel hayvonot bogʻida (Shveysariya)namoyish etilgan[8].


Ushbu tur soni qisqarib ketganligi sababli, hayvonot bogʻlarida namoyish etish uchun sunʼiy koʻpaytiriladi[9].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.