From Wikipedia, the free encyclopedia
Catalina Sandino Moreno (1981-yil 19-aprelda tugʻilgan) – kolumbiyalik aktrisa boʻlib, „Maria Full of Grace“ (2004) filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan.
Shuningdek, „Fast Food Nation“ (2006), „Love in the Time of Cholera“ (2007), „Che“ (2008), „The Twilight Saga: Eclipse“ (2010), „Roa“ (2013), „A Most Violent Year“ (2014), „Falling Skies“ (2014), „American Gothic“ (2016), „Custody“ (2016), „The Affair“ (2015–2019), „The Quarry“ (2020), „Barbarians“ (2021), „From“ (2022), „Silent Night“ (2023) va „Ballerina“ (2024) kabi filmlarda ham turli xil rollarni ijro etgan.
Sandino Moreno 1981-yil 19-aprelda Kolumbiyaning Bogota shahrida tugʻilgan[1]. U oʻrtahol oilada oʻsgan, otasi veterinar, onasi esa shifokor boʻlgan. U Bogotadagi Avliyo Jorj maktabida ingliz tili sinfida oʻqigan[2]. Aktrisa boʻlishidan oldin reklama boʻyicha oʻqigan[1].
Moreno 2004-yilda „Maria Full of Grace“ filmida bosh rolni ijro etgan. Filmdagi ijrosi uchun u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan[3]. Shuningdek, Charlize Theron bilan birgalikda Berlin xalqaro kinofestivalida Kumush ayiq mukofotini qoʻlga kiritgan.
Oskar nominatsiyasining taʼsiridan soʻng, u oʻziga maʼqul keladigan rolni uch yil kutgan[4]. U V jurnaliga bergan intervyusida oʻzini aktrisa, kolumbiyalik muhojir va inson sifatida voqelikni aks ettirish mas’uliyatini his qilishini taʼkidlab oʻtgan. Uning fikricha, odamlarga dunyoda nima boʻlayotganini koʻrsatish muhim edi, chunki ular bu orqali nimadur oʻrganishlari mumkin edi.
2005-yilda u dramatik sanʼatni oʻrganish va oʻsha paytdagi muvaffaqiyatli karyerasini davom ettirish maqsadida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan hamda AMPASga aʼzo boʻlishga taklif etilgan. 2006-yilda Patricia Arquette bilan birgalikda „Fast Food Nation“ nomli filmda rol ijro etgan[5]. Shuningdek, „Paris, je tʼaime“ filmida ham ishtirok etib, „Loin du 16e“ nomli epizodida yosh muhojir ona obrazini gavdalantirgan. 2007-yilda esa Gabriel García Márquezning xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan „Love in the Time of Cholera“ filmida Hildebranda Sanches rolini oʻynagan. Ushbu filmda Javier Bardem va Fernanda Montenegrolar ham rol ijro etishgan. 2008-yilda Moreno Benisio del Toro bilan birga Stiven Soderbergning „Che“ filmida Ernesto Che Guevaraning ikkinchi xotini Aleida March de Guevara rolini oʻynagan va 2008-yilgi Kann kinofestivalidagi film premyerasida ishtirok etgan. 2010-yilda esa Stephenie Meyerning „Twilight Saga: Eclipse“ filmiga asoslangan boshqa bir filmida ayol vampir Maria rolini oʻynagan.
Orada biroz tanaffus qilib olganidan soʻng, 2013-yil noyabr oyida Alina Fernándezning xuddi shu nomdagi avtobiografiyasiga asoslangan „Castroʻs Daughter“ biopik filmida bosh rolni oʻynash uchun televideniyaga qaytgan[2]. U „Roa“ (2013) filmida ham rol oʻynagan, shuningdek, Oscar Isaac va Jessica Chastain bilan birga „A Most Violent Year“ (2014) filmida suratga tushgan. 2014-yil 20-oktyabrda esa „Falling Skies“ serialining soʻnggi mavsumida Izabella rolini ijro etishi eʼlon qilingan[6].
Sandino Moreno 2016-yilda „American Gothic“ teleserialida Christina Morales rolini oʻynagan. Xuddi shu yili „Custody“ (2016) filmida ham rol ijro etgan. Shuningdek, Viola Davis bilan birga Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtgan film premyerasida ham qatnashgan[7].
2022-yil dekabr oyida Sandino Moreno „John Wick“ filmlar seriyasining „Ballerina“ nomli spin-off filmidagi rollardan birini oʻynashi eʼlon qilingan[8]. 2023-yilda esa „John Woo Action Thriller Silent Night“ filmida Saya Godluck rolini oʻynagan[9].
Sandino Moreno 2005-yilda People jurnalining „50 ta eng goʻzal odamlar“ roʻyxatiga kiritilgan.
Sandino Moreno kinoelektrik David Elwell bilan „Maria Full of Grace“ filmida ishlayotganda tanishgan. Ular 2006-yil 15-aprelda Cartagena de Indias shahrida boʻlib oʻtgan kichik marosimda turmush qurishgan.
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2004 | Maria Full of Grace | María Álvarez | Koʻplab mukofotlarga nominatsiyasi qoʻyilgan eng omadli filmi |
2006 | Journey to the End of the Night | Angie | |
Paris, je tʼaime | Ana | Epizod: „Loin du 16e“ | |
Fast Food Nation | Sylvia | ||
The Hottest State | Sarah | ||
2007 | The Heart of the Earth | Blanca Bosco | |
Love in the Time of Cholera | Hildebranda Sanchez | ||
2008 | Che Part One: The Argentine | Aleida March de Guevara | |
Che Part Two: Guerrilla | Aleida March de Guevara | ||
2010-yil | La Siguiente Estación | Eva | Qisqa metrajli film |
The Twilight Saga: Eclipse | Maria | ||
2012-yil | For Greater Glory: The True Story of Cristiada | Adriana | |
2013-yil | Magic Magic | Barbara | |
Roa | María de Roa | ||
A Stranger in Paradise | Jules | ||
Medeas | Christina | ||
2014-yil | At the Devil’s Door | Leigh | |
Swelter | Carmen | ||
A Most Violent Year | Luisa | ||
2016-yil | Custody | Sarah | |
Incarnate | Camilla Marquez | ||
2017-yil | The Mystery of Casa Matusita | Lucy | |
2020-yil | The Quarry | Celia | |
2021-yil | Barbarians | Eva | |
2023-yil | Silent Night | Saya Godluck | [9] |
2025-yil | From the World of John Wick: Ballerina | Suratga olinmoqda |
Yil | Serial | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2013-yil | The Bridge | Alma Ruiz | |
2014-yil | Red Band Society | Eva Palacios | Ikkinchi darajali rol |
2015-yil | East Los High | Eddiening onasi | Ikkinchi darajali rol |
2015-yil | Falling Skies[6] | Isabella | Ikkinchi darajali rol (5-mavsum) |
2015–2019-yillar | The Affair | Luisa | Bosh rol (3–4-mavsumlar); ikkinchi darajali rol (2 va 5-mavsumlar) |
2016-yil | American Gothic | Christina Morales | |
2019-yil | Surveillance | Natalie Reyes | |
2019-yil | Room 104 | Maria | Epizod: „Rogue“ |
2022-yil | From | Tabitha Matthews | Bosh rol |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.