Call Her Daddy

jinsiy aloqa boʻyicha quvnoq maslahatlar podkasti From Wikipedia, the free encyclopedia

Call Her Daddy

Call Her Daddy — Sofia Franklyn va Alexandra Cooper tomonidan 2018-yilda yaratilgan komedik va maslahat almashuv podkasti. Ushbu loyiha 2021-yilning iyunigacha Barstool Sports kompaniyasiga tegishli boʻlgan. Soʻngra, Cooper Spotify bilan 60 million dollarlik eksklyuziv shartnoma imzolagani eʼlon qiladi va loyihani oʻzlashtiradi[1]. Barstool hali ham podkast pul almashinuvida ishtirok etadi[2]. 2020-yil bahor oyining oxirida Cooper va Franklyn Barstool asoschisi David Portnoy bilan ommaviy janjalga aralashib qolishadi. Natijada Franklyn shouni tark etadi. Cooper Barstool bilan kelishuvga erishadi va podkastni mustaqil ravishda olib borishda davom etadi.

Qisqa faktlar Namoyish, Mezbon ...
Call Her Daddy
Thumb
Namoyish
Mezbon
  • Sofia Franklyn (2018–2020)
  • Alexandra Cooper
Janr
Asoschi
  • Alex Cooper
Til inglizcha
Mahsulot
No.-qism 254 (as of March 31, 2023)
Nashr
Original reliz 3-oktyabr, 2018-yil(2018-10-03)
Provayder Spotify & YouTube
Aloqador
Vebsayt Official website
Yopish

Kontenti

2018-yil noyabr oyida Case Western Reserve universiteti talabalar gazetasi shouni „podkastlar olamidagi ham yangi, ham oʻz oʻrniga ega konsepsiya「 deya taʼriflaydi va shunday qoʻshimcha qiladi:

Podkastning mavzusi biror inson bilan jiddiy munosabatda boʻlasizmi yoki yoʻq, sizga maslahatlar berish, quvnoq suhbatlar tashkil etishdan iborat. Aksar podkastlar mazmuni shunchaki maslahat berish emas, balki, shunchaki histerik hikoyalar bilan dildan suhbat qurishdir. Ayollarning oʻz tinglovchilariga beradigan maslahatlarining aksariyati jinsiy aloqa haqida boʻladi. Epizodlarda batafsil tasvirlangan noqulay vaziyatlarning aksariyati tabu haqida gapiradi. Ammo, barcha hikoyalar suhbatni yanada qulayroq tutuvchi quvnoq kontekst asosiga qurilgan[3].

Cooper Spotify bilan 60 million dollarlik eksklyuzivlik shartnomasiga kelishilingandan soʻng, podkastni yoʻnalishini yangilashga qaror qiladi. Dastlab, jinsiy munosabatlar, jinsiy aloqa va shaxsiy hikoyalarga eʼtibor qaratgan Cooper ayollar huquqlari, ruhiy salomatlik va terapiya kabi mavularning ahamiyatiga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qiladi[4]. Mashhurlar, jumladan, shifokorlar va terapevtlar bilan suhbatlar orqali oʻzi va mehmonlari hayotidagi kurashlar va ularga berilgan hamda hozir boshqalarga yordam berish uchun baham koʻrayotgan maslahatlariga chuqurroq kirib boriladi. Cooper odamlarni ilhomlantirishga va tinglovchi ayol-qizlarga yordam berish uchun fikr almashishni maqsad qilib oladi. U shuningdek, oʻz intervyularini tinglagan tomoshabinlar yanada jozibali tuygʻuga ega boʻlishlari uchun video podkastlarga oʻtish fikrini ham oʻylab qoladi[4].

Tarixi

Alexandra Cooper podkastni 2018-yilda xonadoshi Sofia Franklyn bilan boshlagan. Podkastning tezda mashurlikka erishadi: Ikki oy ichida yuklab olishlar soni 12 000 dan 2 milliongacha koʻtariladi[5].

Barstool Sports asoschisi David Portnoyning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2018-yilda ko-hostinglar bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Ushbu shartnoma 75 000 AQSh dollari miqdoridagi asosiy ish haqini talab etardi. Ushbu podkast ijrosi va mahsulot sotishning bir qismi uchun bonuslar bilan toʻldirilishi kerak boʻlgan. Shartnomada barcha intellektual mulkni Barstool Sportsga taqdim etilgan.

Qaytish

Alexandra Cooper 2020-yil may oyining oxirida kelajakda Franklinsiz oldinga intilishini aytib, tanaffusdan keyin podkastni yolgʻiz oʻzi olib borishni boshlaydi. Tinglovchilarga tez orada yangi boshlovchi tanlanishini aytadi[6]. Miley Cyrus 2020-yil avgust oyida qayta boshlangan podkastda Cooperga hamrohlikni boshlaydi hamda Liam Hemsworth bilan ajralayotganini muhokama qiladi[7]. Franklyn oxir-oqibatda Sofia with an F nomli shaxsiy podkastini boshlaydi[8]

Spotify tomonidan sotib olinishi

Cooper 2021-yilning iyun oyida Spotifyda podkastni eksklyuziv ravishda taqdim etish uchun 60 million dollarlik shartnoma imzoladi[1]. Biroq, Barstool hali ham shou savdosi nazorat qilish huquqiga ega edi[2].

Mashhurlik va qabul qilinish

2020-yilda Call Her Daddy Spotifyda eng mashhur beshinchi podkast sifatida qayd etildi[9][10]. 2021- va 2022-yillarda esa The Joe Rogan Experiencedan keyin Spotifydagi ikkinchi eng mashhur podkast boʻlishga erishdi[11][12].

Manbalar

Koʻproq oʻqish

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.