From Wikipedia, the free encyclopedia
Burak Özdemir — (1995-yil 24-martda tugʻilgan) — CZN Burak turk oshpazi[1][2][3]. "CZN" Burak Özdemirning taxallusi. Otasining Lalelidagi toʻqimachilik doʻkonining nomi Cinzano boʻlgan va bu soʻzning tez-tez notoʻgʻri talaffuz qilinishidan "CZN" kelib chiqqan[4]. Oilada 5 kishi boʻlgan. Otasi İsmail Özdemir, onasi Didem Bozbura, singillari Uğur va Aylin.
CZN Burak | |
---|---|
Tavalludi |
Burak Özdemir 24-mart, 1995-yil (27 yosh) Yayladağı, Turkey |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Oshpaz |
Veb-sayti | cznburak.com |
Burak Özdemir 2010-yildan 2014-yilgacha Dogus Holding kompaniyasida menejer boʻlib ishlagan. Burak 2015-yil sentyabrdaTurkiyadagi Hilton Garden restoranida ovqatlar va ichimliklar menejeri sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda u Hatay Medeniyetler Sofrasga egalik qiladi, bu besh boʻlimdan iborat boʻlgan restoranlar tarmogʻi: Taksim, Aksaray, Etiler va Dubay va Tojikistondagi xorijdagi filiallari[5][6].
Uning deyarli har doim kameraga tabassum qilgan holda koʻrishimiz mumkin. Turk taomlarini tayyorlashi va ularni mehmonlarga taqdim etishi Burak Özdemirni Instagram va TikTok kabi platformalarda Internet yulduziga aylantirdi[7][8]. Burakni instagram sahifasida 37.6 million kuzatuvchilari bor. Uni yana mashhur qilib turadigan narsalardan biri bu muhtojlarga yordam qoʻlini choʻzishi. Burak Özdemir daromadi $2-$3 million dollar atrofida.
2022-yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda „Burak uchun duo“ postlari tarqaldi, chunki Burak Özdemir miya shishi bilan kasallangani haqida mish-mishlar tarqaldi [9]. Buning sababi, Burak Özdemir Instagramda kasalxona karavotida tushgan suratini joylashtirdi, u operatsiya holatida tekshiruvga kirgani haqida edi. Unda oʻsimta borligi haqidagi mish-mishni Burak Özdemirga yaqin manbalar ham, oʻzi ham inkor etdi [10].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.