Brittany Ann Daniel (talaffuzi: Britini Enn Deniel; 17-mart, 1976-yil, Florida, AQShda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U fotograf va sobiq aktrisa Cynthia Danielning egizagidir.

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Brittany Daniel
Thumb
Tavalludi
Brittany Ann Daniel

17-mart 1976-yil (1976-03-17) (48 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1989-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Adam Touni (turm. 2017)
Bolalari 1 nafar
Yopish

Daniel oʻzi ishtirok etgan Sweet Valley High (1994—1997) nomli oʻsmirlar dramatik serialidagi Jessica Wakefield roli va „The Game“ (2006-2011; 2014-2015) nomli CW/BET tomonidan efirga uzatilgan komedik drama teleserialdagi Kelly Pitts rollari bilan mashhur. Uning film shartnomalari orasida Joe Dirt (2001) va ushbu filmning 2015-yildagi davomida ijro etgan Brendy roli, shuningdek, White Chicks (2004) va Skyline (2010) filmlari ham mavjud.

Yoshligi

1976-yil 17-mart sanasida Brittany va uning egizak singlisi Cynthia (talaffuzi: Sinti) Florida shtatining Gainesville shahrida Carolyn va Charlton Bradford (C.B.) Daniel Junior oilasida tavallud topgan. Egizaklarning Brad ismli akalari ham bor[1].

11 yoshida ikkala qiz ham Ford agentligi bilan shartnoma imzolaydilar va modelling sohasida oʻzlarini sinab koʻradilar. Ular Seventeen va YM nomli jurnallar muqovalarida koʻrinish bera boshlaydilar. Egizaklar Doublemint saqichining reklamalarida „Doublemint Twins“ (tarjimasi: Doublemint egizaklari) sifatida ham paydo boʻlishadi[2].

Faoliyati

Ikkala qiz ham aktyorlik faoliyatini 1989-yilda The New Leave It to Beaver sitkomida suratga tushishi bilan boshlagan. 1992-yilda, oʻn olti yoshida, Brittany qisqa muddatli sindikatlashtirilgan Swanʼs Crossing nomli oʻsmirlar dramasida Mila Rosnovsky rolini qoʻlga kiritadi. Aktrisa serialda suratga tushish uchun New Yorkka koʻchib oʻtadi.

Oʻrta maktabdan soʻng, u Sweet Valley High teleserialida Jessica Wakefield rolini gavdalantiradi (egizak opasi Cynthia Jessicaning egizaki Elizabeth obrazini tasvirlagan). Sweet Valley High shousi davomida qizlar Leonardo Di Caprio bilan birga The Basketball Diaries (1995) dramasida oʻzlarining kinolardagi debyutini amalga oshirishadi[3].

1997-yilda Sweet Valley High bekor qilingandan soʻng ham, Daniel filmlar va teleseriallarda rol oʻynashni davom ettiradi. Shu jumladan, 1999-yilda Dowson's Creekda va keyingi yili TBS efirga uzatgan On Hostile Ground televizion filmida rol oʻynashga muvaffaq boʻladi. U 2001-yilda Joe Dirt filmida bosh rolni ijro etgan David Spadening Brandy ismli sevgilisi sifatida paydo boʻladi. 2002-yilda Daniel 80s Show nomli qisqa muddatli Fox telekanalida efirga uzatilgan teleserialda bosh qahramonlardan birining rolini gavdalantiradi.

Shaxsiy hayoti

2014-yil mart oyida Daniel 2011-yilda unga limfomaning IV bosqichi tashxisi qoʻyilganligini va u kimyoterapiyadan oʻtganini maʼlum qiladi. 2014-yilga kelib u saraton kasalligidan xoli boʻladi[4]. Aktrisa 2007-yildan 2014-yilgacha aktyor Keenen Ivory Wayans bilan ishqiy munosabatda boʻlib kelgan[5]. 2017-yilda u Adam Touniga turmushga chiqadi[6]. 2021-yil 24-oktabrda esa Brittany singlisi Cynthia bachadon tuximining bir qismini unga hadya qilganidan soʻng Hope Rose Tounini ismli qiz farzand koʻradi[7].

Filmografiyasi

Filmlarda

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1995 Basketball Diaries, TheThe Basketball Diaries Blinkie
1999 Sonic Impact Rachel
2001 Joe Dirt Brandy
2004 Club Dread Jenny
2004 White Chicks Megan Vandergeld
2005 Dirty Tatiana
2006 Rampage: The Hillside Strangler Murders Samantha Stone
2006 Little Man Brittany
2006 Hamiltons, TheThe Hamiltons Dani Cummings
2007 Last of the Romantics Sarah Xavier
2007 Loveless in Los Angeles Kelly Liffen
2010 Skyline Candice
2015 Joe Dirt 2: Beautiful Loser Brandy
2022 Cheaper by the Dozen TBA
Yopish

Televizion rollari

Batafsil maʼlumot Yil, Sarlavha ...
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1989 New Leave It to Beaver, TheThe New Leave It to Beaver Zorigna #1 Epizod: „Manʼs Greatest Achievements“
1992 Swans Crossing Mila Rosnovsky Takroriy rol (54ta epizod)
1994 Burkeʼs Law Ginny Epizod: „Who Killed the Legal Eagle?“
19941997 Sweet Valley High Jessica „Jess“ Wakefield Bosh rol (88ta epizod)
1999 Dawsonʼs Creek Eve Whitman Takroriy rol (4ta epizod)
2000 Fortunate Son N/A Televizion film
2000 On Hostile Ground Cindy Evers Televizion film
2002 That '70s Show Penny Epizod: „Eric’s Hot Cousin“
2002 That '80s Show Sophia Bosh rol (13ta epizod)
2003 Just Shoot Me! Sarah Epizod: „The Goodbye Girl“
2003 111 Gramercy Park Brynn Martin Televizion film
2004 North Shore Cari Layne Epizod: „Pilot“
2005;

2007;

2010
Itʼs Always Sunny in Philadelphia Carmen 4ra epizod
2006 Totally Awesome Kimberly Televizion film
2006 Community Service Carly Phillips Televizion film
20062011;

2014-2015

Game, TheThe Game Kelly Pitts Bosh rol: 13-mavsum;

Takroriy rol: 4, 79-mavsumlar (80ta epizod)

2008 Ruby Oʻzi Epizod: „Meet Ruby“
2016-2019 Black-ish Blair 4ta epizod
2020 BlackAF Dr. Peterson Epizod: „hard to believe, but still because of slavery“
Yopish

Mukofotlar va nominatsiyalari

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...
Yil Mukofot Natija Turkum Film yoki serial
1993 Young Artist Award Nominatsiya Best Young Actress in an Off-Primetime Series Swans Crossing
1995 Young Artist Award Gʻolib Best Performance: Young Actress in a TV Comedy Series (Cynthia Daniel bilan boʻlishdi) Sweet Valley High
2007 New York International Independent Film & Video Festival Gʻolib Best Actress Last of the Romantics
2007 MTV Movie Awards Nominatsiya Best Kiss (shared with Marlon Wayans) Little Man
2010 Daytime Emmy Awards Nominatsiya Outstanding Special Class Series (aktyorlar bilan boʻlishdi) Ruby
Yopish

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.