From Wikipedia, the free encyclopedia
Boychechak (Gagea stipitata) – piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 7—20 sm. Ildiz boʻgʻzi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi oʻsimlikning boʻyiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalaminashtarsimon, poyani bir oz oʻrab turadi. Gulqoʻrgʻoni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sargʻish, 5–7 mm uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Changchisi 6 ta, gulqoʻrgʻoniga nisbatan sal qisqa. Tugunchasi 3 uyali. Koʻsakchasi bandchali, gulqoʻrgʻondan 1,5 baravar qisqa. Boychechak bahor darakchilaridan biri. Fev.—mart oylarida gullab, meva beradi. Choʻl va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuprokli yerlarida oʻsadi. Boychechak Afgʻoniston va Eronda ham uchraydi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida zaʼfaron (Crocus alatavicus) va savrinjon (Colchicum luteum)ni ham boychechak deb atashadi.
Boychechak | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.