From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻsak, koʻsakcha (capsula) — yopiq urugʻli oʻsimliklarning koʻp urugʻli mevasi. K. bir va koʻp chanoqli boʻladi. K. yetilganda teshikchasidan (koʻknorda), qopqoqchasidan (mingdevona, zubturum va boshqalar) va pallalaridan (gʻoʻza, bangidevona, binafsha, piyozgul va boshqalarda) ochiladi. Gʻoʻzada K. 3—5 chanoqli tugunchadan rivojlanadi. Meva qati (K. devorlari) markaziy urugʻchi va urugʻdan tuzilgan. Urugʻlanishdan keyin tuguncha rivojlanib, K.ka aylanadi. Urugʻlanishdan to K. yetilib ochilguncha 50—60 kun oʻtadi. Uning murakkab rivojlanishi va yetilish jarayonini 4 davrga boʻlish mumkin: tugunchaning K.ka aylanishi (10 kun); K.ning tez oʻsishi (15 kun) quruq modda toʻplanishi (15 kun); K.ning toʻliq yetilib qurishi (15 kun). Tashqi va ichki omillar taʼsirida davrlar muddati oʻzgaradi. Ertapishar gʻoʻza navlarida bu davrlar qisqa, kechpishar navlarda uzun.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Gʻoʻzaning navi, turi va boshqa belgilariga qarab bitta K.da oʻrta tolali goʻzalarda 4,2—7 g, ingichka tolali goʻzalarda 2,5—4 g gacha paxta, 20 tadan 40— 50 ta gacha chigit boʻladi. Mevasi (paxta) yetilishi davrida K.lar asta-sekin qurib, uchidan soxta choklari boʻylab chanoqlari ochiladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.