Borjgali
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Borjgali (gruzincha: ბორჯღალი; shuningdek, Borjgala yoki Borjgalo; Laz tilidagi Borçgali) — Gruziyada Quyosh va abadiyat ramzi[1][2]. Borjgali koʻpincha hayot daraxti ustidagi yettita aylanib turuvchi qanotchalar bilan ifodalanadi. Ular turli shakllar va oʻzgarishlarni yaratish uchun qoʻllanilinishi mumkin. Mazkur belgi Gruziya madaniyatining asosiy ramzi sifatida ham eʼtirof etiladi[3].
Borjgali atamasi Megrelian tilidan olingan boʻlib, gruzincha: ბარჩხალი (barchxali) soʻzidan kelib chiqqan, deb hisoblaniladi. Mazkur jumla soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „kuchli porlash“ degan maʼnoni anglatadi. Boshqa baʼzi olimlar esa bu belgining turli xil kelib chiqishi haqidagi versiyalar mavjudligiga ishonishadi. Qadimgi Megrelian tilida borj „vaqt“, gal esa „oʻtish“ yoki „oqim“ degan maʼnoni anglatadi. Shunday qilib, butun ibora „vaqt oqimi“ degan maʼno hosil qiladi.
Nasroniylargacha boʻlgan davrda mazkur belgi Gʻarbiy (Kolxida va Sharqiy Gruziyada (Gruziya meʼmorchiligidagi Dedabodzi, „ona-ustun“)) muqaddas ramz sifatida Kura-Araxes madaniyatida, Darbaziyning bir qismi oʻlaroq keng qoʻllangan[4]. Oʻrta asrlarda esa bu belgi xristian ramziyligining bir qismiga aylanib ketgan.
Hozirgi vaqtda mazkur belgi Gruziya identifikatorlari va pasportlarida, shuningdek, valyutalarda va Gruziya regbi ittifoqi tomonidan keng qoʻllanadi. Gruziya regbi jamoasi oʻyinchilari gruzincha: ბორჯღალოსნები (borjgalosnebi) deb ataladi, bu „Borjgali (belgisi)ni olib yuradigan erkaklar“ degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari, 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Gruziya dengiz floti bayrogʻida ham shu belgidan foydalanilgan[5]. Gruziya millatchilari koʻpincha milliy gʻururni namoyish etish uchun ushbu ramzdan foydalanadilar[ iqtibos kerak ].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.