From Wikipedia, the free encyclopedia
Boboyi Samosiy (arabcha: الجد ساموسي — Boboyi Samosiy — Toʻliq ismi: Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (XIII asr oxiri 1354-yil)) — soʻfiy.
Samosiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (13-asr oxiri, Romitan tumanidagi Samos qishlogʻi — 1354) — xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, Buxorolik 7 pirning beshinchisi. Xoja Ali Romitaniydan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik tarikatini boshqargan. Bahouddin Naqshband tugʻilganda uni maʼnaviy farzandlikka qabul qilib, Sayyid Mir Kulolga Bahouddin tarbiyasi bilan shugʻullanishni topshirgan. S. bogʻbonlik bilan kun kechirgan. S. kulohini Bahouddinga hadya etib, unga murshidlik qilgan. Bahouddin Naqshband ana shu kuloh sharofatidan balogardonlik karomatiga ega boʻlgan, deydilar. S. tugʻilgan qishlogʻida dafn qilingan. Qabri ustidagi maqbara, atrofdagi masjid va toshquduq mustaqillik yillarida taʼmirlangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.