From Wikipedia, the free encyclopedia
Robert R. Burman (1884-yil 23-aprel – 1916-yil 8-aprel) amerikalik poygachi. 1900-yillarning boshlarida koʻplab tezlik rekordlarini oʻrnatgan[1]. U koʻplab tarixiy poygalarda qatnashgan va 1911-yilda Indianapolis 500 ning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan haydovchilardan biri edi.
Bob Burman | |
---|---|
Tavalludi |
23-aprel 1884-yil Imlay City (Michigan), AQSH |
Vafoti |
8-aprel 1916-yil (31 yoshda) Riverside (California) |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Avtopoygachi |
Burman 1884-yil 23-aprelda Michigan shtatining Imlay shahrida tugʻilgan. 1906-yilda Jackson Automobile kompaniyasida yoʻl sinovchisi boʻlib ishlagan. U bir nechta poygalarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi va ularda oʻzini yaxshi koʻrsatdi[2]. 1908-yilda General Motors asoschisi William C. Durant Robert R. Burmannni poyga bahslariga kirishida yordam bergan[3].
Burman 1909-yilda Indy 500ning asosiy poygachisi boʻlgan. U Buickda Prest-O-Lite Trophy poygasida gʻolib chiqdi. U Buick jamoasi uchun 1909-yilda Vesper Club Trophy poygasida birinchi oʻrinni, 1909-yilda Louell Trophy poygasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 1910-yilda Burman Indianapolis avtopoygasida Remy Brassard Trophy 2 sovrinini qoʻlga kiritdi. 1911-yilda Burman oʻzining Buick 60 Special avtomobili bilan Nyu-Orleandagi Mardi Gras poygalarining birinchi toʻrttasida gʻolib chiqdi[4].
U 1912-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida qatnashib, ikkinchi burilishda 157 aylanishdan keyin Cutting mashinasini halokatga uchratgan. Burman 1913-yilgi Indianapolis 500ni favorit sifatida boshladi va 41-davrada barchadan oldinga chiqdi. Lekin uning mashinasi 55-davrada yonib ketdi.
1916-yil 8-aprelda Bob Burman Corona poygasi paytida uning orqa shinalaridan biri portlashi va ochiq kabinali Peugeot mashinasi bilan toʻqnashishi natijasida halok boʻldi[5]. Shuningdek, uch tomoshabin halok bo‘ldi, yana besh nafari og‘ir yaralandi[6].
U 2011-yilda Milliy Sprint Avtomobil shon-shuhrat zaliga kiritildi[7].
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.