Blevice
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Blevice (nemischa: ) Chexiya Respublikasi Markaziy Chexiya viloyatini Kladno tumanidagi munisipalitet. Unda 300 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Blevice | |
---|---|
Munitsipalitet | |
50°12′33″N 14°14′10″E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Central Bohemian |
Tuman | [[Kladno]] |
Asos solingan | 1282 |
Maydon | 4.25 km2 (1.64 kv mi) |
Markazi balandligi | 233 m |
Aholisi (2024-01-01) |
285 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 273 28 |
|
Blevice – Kladnodan taxminan 10 kilometr (6 mi) shimoli-sharqida va 16 km (10 mi) Pragadan shimoli-gʻarbi Praga platosida joylashgan. Qishloq yon bagʻirlari qisman oʻrmon bilan qoplangan kichik vodiyning chekka hududida joylashgan.
Manzil uzoq vaqtdan beri saqlanib qolingan. Qishloqlarning janubi-sharqidagi oʻrmonda joylashgan 7 yoki 8 kishidan iborat tarixdan oldingi dafn qabrlari guvohlik beradi. Ular 19-asrda arxeologik jihatdan oʻrganilgan. Qurbonlarning yoshi haqida aniq malumotlar mavjud emas. Hisob-kitoblar qaraganda bronza davrining oxiri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dan slavyan davrining boshi oʻrta asrlarning (milodiy 1-ming yillikning 2-yarmi) toʻgʻri keladi[1].
Blevice haqida birinchi qoʻlyozma 1282-yilga tegishli. 14-asrdaVyšehrad boʻlimiga tegishli boʻlgan[2].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 342 | — |
1880 | 398 | +16.4% |
1890 | 436 | +9.5% |
1900 | 453 | +3.9% |
1910 | 478 | +5.5% |
1921 | 488 | +2.1% |
1930 | 480 | −1.6% |
1950 | 419 | −12.7% |
1961 | 349 | −16.7% |
1970 | 356 | +2.0% |
1980 | 316 | −11.2% |
1991 | 281 | −11.1% |
2001 | 282 | +0.4% |
2011 | 285 | +1.1% |
2021 | 286 | +0.4% |
Munitsipalitet barcha asosiy yoʻllardan uzoqda joylashgan. Kladno va Kralupy nad Vltavuga avtobus qatnovi faqat ish kunlarida ishlaydi. Munitsipalitetda temir yoʻl stansiyalari mavjud emas, eng yaqin stansiya Zákolany munitsipalitetda joylashgan.
1865-yildan 1907-yilgacha Blevice bir necha muhim konsertlarga mezbonlik qilgan madaniyat markazi boʻlgan. Chexiyalik skripka virtuozi Yan Kubelikning birinchi ommaviy chiqishi 1891-yilda Blevitseda boʻlib oʻtadi. Eng muhim konsert Kubelikning 1899-yilda, allaqachon mashhur boʻlgan ikkinchi konserti edi[3].
Bleviceda munitsipalitetining janubiy qismida joylashgan yahudiy qabristoni mavjud. Taxminan 0.24 ga (0.59 akr) boʻlgan muhofaza hudud ichida 18-asr boshidan 1945-yilgacha saqlanib qolgan 300 ga yaqin qabr toshlari mavjud. 1884-yilda qurilgan qabr qazuvchining uyi yaxshi saqlanib qolgan va bugungi kunda shaxsiy turar joy sifatida xizmat qilmoqda[4]. 19-asrda Blevitsada faqat oz sonli yahudiy oilalari yashagan, qabristondan asosan yaqin atrofdagi Velvari shahridan yahudiylar foydalangan[5].
Qishloqning markazidagi yon devorlarida yodgorlik lavhasi boʻlgan kichik ibodatxona mavjud. Blyashkada Birinchi jahon urushida qatnashgan mahalliy qurbonlar roʻyxati mavjud.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.