Bhumika Chawla

From Wikipedia, the free encyclopedia

Bhumika Chawla
Remove ads

Bhumika Chawla (tugʻilgan paytidagi ismi Rachna Chawla; 1978-yil 21-avgust) hind aktrisasi va sobiq model, asosan telugu, hind va tamil tilidagi filmlarda suratga tushgan va ular orqali mashhurlikka erishgn.[1] U telugu tilidagi „Yuvakudu“ (2000) filmida debyut qilgan. Uning eʼtiborga molik ijrolari aks etgan filmlar qatoriga „Kushi“ (2001), „Okkadu“ (2003), „Tere Naam“ (2003), „Missamma“ (2003), „Sillunu Oru Kaadhal“ (2006), „Gandi“ (2007), „Anasuya“ (2007), „Buddy“ (2013), „MS Dhoni: Untold Story“ (2016), „MCA“ (2017) va „U Turn“ (2018) kabi filmlardagi chiqishlari kiradi. U ikkita Nandi mukofoti,[2] bitta Filmfare mukofoti va[3] bitta SIIMA mukofotiga sazovor boʻlgan.[4][5]

Qisqa faktlar Tavalludi, Fuqaroligi ...
Remove ads
Remove ads

Yoshligi

Chavla Hindistonning Nyu-Dehli shahrida panjob oilasida tug‘ilgan va maktabni shu yerda tamomlagan. Uning otasi nafaqadagi armiya zobiti. Bhumikaning ikkita ukasi, akasi va opasi bor.

U 1997-yilda Mumbayga koʻchib oʻtadi va oʻz faoliyatini reklama filmlari va hind klip albomlari bilan boshlaydi. U „Zee“ kanali teleserialida „Hip Hip Hurray va Star Best Sellers — Fursat Mein“da namoyon boʻlgan.

Remove ads

Faoliyati

Chavla oʻzining kino karyerasini telugu kino sanoatida boshlaydi, aktyor Sumanth bilan birga „Yuvakudu“ (2000) badiiy filmida rol oʻynadi. Uning Pavan Kalyan bilan rol ijro etgan ikkinchi chiqishi „Kushi“ (2001) kassada muvaffaqiyat qozonadi va u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Filmfare — Telugu mukofotini qoʻlga kiritadi, shundan soʻng u telugu tilida bir nechta filmlarda, shu jumladan Mahesh Babuga va Jr. NTR bilan „Okkadu“ (2003) filmida va rol oʻynaydi. Bu Teluguda yilning eng yuqori daromad keltiruvchi filmlarga aylanadi.[6] Shu bilan birga, u Tamil kino sanoatida oʻzining debyutini amalga oshiradi, „Badri“ (2001) filmida aktyor Vijayga bilan rol ijro etadi, undan keyin uning ikkinchi tamil filmi „Roja Kootam“ (2002)da suratga tushadi. Uning „Missamma“ (2003) filmidagi saraton kasalligiga chalingan tadbirkor ayol sifatida chiqishi olqishlarga sazovor boʻladi. U Filmfare — Telugu mukofotida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga nomzod boʻladi va „Eng yaxshi aktrisa“ sifatida Nandi mukofotiga sazovor boʻladi.

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Chawla oʻzining uzoq yillik sevgilisi va yoga oʻqituvchisi Bharat Thakurga 2007-yil 21-oktyabrda Devlali, Nashik shahrida Gurdvarada turmushga chiqqan.[7] U Thakurning kurslariga muntazam borgan va unga turmushga chiqishdan oldin u bilan toʻrt yil uchrashib yurganligi aytiladi.[8] Er-xotinning 2014-yil fevral oyida dunyoga kelgan o‘g‘li bor.[9][10]

Filmografiyasi

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...
Remove ads

Manbalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads