From Wikipedia, the free encyclopedia
Bekmurodboy madrasasi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Darvozatutak MFYda joylashgan, hozirgi kungacha saqlanib qolingan tarixiy-madaniy yodgorliklaridan biri hisoblanadi[1]. Bekmurodboy madrasasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[2].
Madrasa | |
Bekmurodboy madrasasi Bekmurodboy madrasasi | |
[[Tasvir:|260px|]] | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Qashqadaryo viloyati |
Shahar | Qarshi |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Bekmurodboy |
Homiylar | Amir Olimxon |
Maqomi | saqlanib qolgan |
Hozirda masjid Qarshi shahrining „Eski shahar“ qismidagi Odina bogʻida joylashgan.
Mazkur meʼmoriy yodgorlik Bekmurodboy tomonidan bunyod qiligan boʻlib u mangʻit urugʻining qozoqlaridan boʻlgan. U shahar aholisi oʻrtasida Bekmir Qozoq nomi bilan mashxur edi. Shu sababdan Bekmurodboy qurdirgan Madrasa „Bekmir qozoq“ nomi bilan ham yuritilgan. Hozirgi kunda madrasa xalq orasida Bekmir madrasasi deb ataladi[3].
Bekmurodboy madrasasi 1911-yilda (hijriy 1329-yil) Qarshi qal’asnning bosh maydoni — Registonning shimol tomonida bunyod etilgan[4]. Inqilobdan oldin ushbu madrasada xotin-qizlar tahsil olgan. Hatto, bir necha davrada uni „Ayollar akademiyasi“ deb atashgan.
Madrasa peshtoqi ostidagi marmar lavhada forsiy tilda madrasani qurdirgan kishi, uni qurgan meʼmorning ismi sharifi hamda qurilgan sanasi oʻyib yozilgan. Madrasa buxorocha uslubda koshinsiz, choʻzinchoq pishiq gʻishtlardan boʻyiga 24.0 metr, eniga 20.5 metr hajmda bunyod etilgan. Uning qurilishida chorgʻisht ishlatilmagan. Darvozaxonadan kirishda oʻng va chap tomonlarda darsxonalar joylashgan. Hovlisi ham katta bo‘lib, uning yuzasi 12,1 x 11,8 metrdan iborat[4]. Atrofida tolibi ilmlarga atab qurilgan hujralar soni 23 tani tashkil etgan. Hujralar kirishda oʻng va chap tomonlarda joylashgan. Hujralar asosan bir xonadan iborat boʻlib, bezaksiz, eshik tanasida ganch panjaralar oʻrnatilgan boʻlib, ulardan yorugʻlik tushib turgan. Madrasaning peshtoqi uncha baland boʻlmagan. Peshtoqning ikki yoni tepasi naqshli gʻishtin qubbalar bilan bezatilgan. Binoning ikki yon burchagida minoralar boʻlib, ular anchayin katta bo‘lgan. Bekmurodboy madrasasi asosan bir qavatli boʻlib, uning peshtoq tarafidagi ikkinchi qavatida ham hujralar joylashgan. Madrasa qurilishi rejasi Shermuhammad madrasasiga o‘xshash bo‘lgan. Madrasaning janubiy-sharqiy tomonidagi ikkinchi qavatda joylashgan 2 ta hujra madrasaning meʼmoriy koʻrinishiga mos boʻlmagan boʻlib, ular ancha keyin qurilgan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.