From Wikipedia, the free encyclopedia
Fazl bin Yahyo bin Xolid Barmakiy (775 – Bagʻdod – 820) – abbosiylar davridagi vazir. Mashhur Barmakiylar – vazirlar sulolasidan. Xalifa Horun ar-Rashid bilan emikdosh boʻlgan. Bir muddat Xurosonda hukmronlik qilgan. Dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo otasining tanbehi va rahnamoligida qisqa muddat ichida Xurosonni obod va maʼmur oʻlkaga aylantirgan. Adolatliligi tufayli Xurosonda bir yilda yigirma mingta goʻdakka Barmakiyning ismini qoʻyishgan. Saxovatpeshaligi bilan ham nom chiqargan. Nomaʼlum sabablarga koʻra xalifaning gʻazabiga uchrab, zindonga tashlangan. Yetti yil zindonda yotib, oʻsha yerda vafot etgan.
Barmakiy mansub boʻlgan Barmakiylar tarixda chuqur iz qoldirgan vazirlar sulolasidan sanaladi. Alisher Navoiyning zamondoshi, bir muddat bosh vazir lavozimida ham ishlagan Xoja Alouddin Ali Soneiy oʻzini Barmakiyning avlodidan, deb hisoblagan.
Navoiy oʻz sheʼrlarida axloqiy masalalarni yoritishda Barmakiyni talmeh oʻrnida qoʻllagan:
Amalgʻa boqmaki bebahri fazl erur yakson,
Fuzayli Barmakiy oʻlsun, vagar Fuzayli Ayoz.
(“Gʻaroyib us-sigʻar”, 276-gʻazal[1])
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.