Bahodir Abdullayev
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Bahodir Tojimirzayevich Abdullayev (1967-yil 5-dekabr, Shahrixon, Andijon viloyati) — oʻzbek tadbirkori va sport arbobi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi raisi[1][2], shuningdek Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti[3].
Remove ads
Biografiyasi
Bahodir Abdullayev 1967-yil 5-dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Namangan muhandislik-qurilish institutini (avvalgi nomi bilan Namangan sanoat texnologiyasi instituti) tamomlagan. U 2007-yilda BA Holding investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya qurilish, sanoat, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va metall mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi. 2022-yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan[4].
Remove ads
Faoliyati
Abdullayev 2025-yil avgust oyidan boshlab 「O'zbekiston metallurgiya kombinati」 AJ kuzatuv kengashi raisi lavozimida faoliyat olib boradi. Ushbu korxona Oʻzbekistondagi eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri hisoblanadi[5].
2025-yil aprel oyida u Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan[6]. Shuningdek, Bahodir Abdullayev Namangan viloyati xalq deputatlari kengashi deputati hisoblanadi[7].
Remove ads
Mukofotlari
- Mehnat shuhrati ordeni (2022)
Shuningdek qarang
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
