oʻzbek siyosatchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov (Азиз Абдуҳакимов1974, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat arbobi[1][2]. Avval taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha majmuasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan (2018—2021)[3][4]. 2022-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri etib tayinlangan[5][6][7].
Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri | |
Mansab davri 30-dekabr 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri | |
Mansab davri 10-fevral 2021-yildan – 18-fevral 2022-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 23-yanvar 2020-yildan – 10-fevral 2021-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abdulaziz Aqqulov |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Anvar Sharapov |
Vorisi | Baxtiyor Umarov |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri | |
Mansab davri 4-mart 2014-yildan – 7-avgust 2017-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Aktam Hayitov |
Vorisi | Aktam Hayitov |
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2012-yildan – 2014-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Jahongir Ismoilov |
Vorisi | Davron Hidoyatov |
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2008-yildan – 2012-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi | |
Mansab davri 2021-yildan – 2022-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Dmitriy Li |
Vorisi | Alisher Saʼdullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-iyun 1974-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov 1974-yil 17-iyunda Toshkentda tugʻilgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Institutini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha iqtisodchi. Magistr darajasini Yaponiyaning Hitotsibashi universitetida olgan.
Aziz Abduhakimov mehnat faoliyatini 1993—1996-yillarda Ipak yoʻli bankida turli lavozimlarda boshlagan. 1996—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh mutaxassisi, Berliner Bank AG Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari, Oʻzsanoatqurilishbank boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2004—2008 -yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi moliya, iqtisod, tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti boʻlim mudiri, 2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi vazifalarida ishlagan. 2012—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurash davlat qoʻmitasi raisi, 2014—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[3][8][9][10], 2018—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy soha masalalari majmuasi rahbari, 2020—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi[11], 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri[2], 2021—2022-yillarda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti, 2022-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri sifatida faoliyat olib bormoqda.
2015-yil 1-may kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov va AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Pamela Spartlen oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgan[12]. Uchrashuvda aholini ish bilan taʼminlash, kollej bitiruvchilarining bandligi masalalari muhokama qilingan.
2015-yil 22-iyul kuni Aziz Abduhakimov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fumixiko Kato oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilgan[13]. Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning kelajakdagi istiqbollari, shuningdek, o‘zbekistonlik stajyorlarning Yaponiyada tayyorgarlik o‘tashi bo‘yicha dastur ijrosining texnik jihatlari muhokama qilingan.
2015-yil oktyabr oyida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali rektori Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv o‘tkazgan[14]. Uchrashuv chog‘ida rektor Aziz Abduhakimovga „Plexanov nomli RIU filialiga 20 yil“ medalini hadya qilgan.
2016-yil 19-may kuni Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Koreya respublikasining O‘zbekistondagi missiyasini yakunlagan elchisi Li Uk Xyok bilan uchrashuv o‘tkazgan[15]. Uchrashuvda aholi bandligi sohasida ikki mamlakat hamkorligi masalalarini muhokama qilingan.
2016-yil 24-may kuni Mehnat vazirligida Aziz Abduhakimov va Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining atrof-muhit va mehnat Qo‘mitasi raisi Kim Yong Jo xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazilgan. Uchrashuvda tomonlar yaqin istiqbolda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan suhbatlashishgan. Jumladan, mehnat migratsiyasi, kasbga qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va Koreya tajribasi asosida aholi bandligini taʼminlash ishlarini takomillashtirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samaradorligini oshirishga kelishib olishgan.
Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov 2017-yilgi Rossiyaga tashrif chogʻida Moskvada Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgan[16] . Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida monitoring tartibiga doir hujjatni imzolangan.
2017-yil 24-aprel kuni Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Xalqaro aloqalar tashkiloti Prezidenti Noriaki Suga boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashgan[17]. Uchrashuvda tomonlar, 2017 yil 1 noyabr kuni kuchga kiradigan „Xorijiy fuqarolar uchun texnik amaliyot dasturini tegishli ravishda amalga oshirish va xorijiy texnik amaliyotchilar himoyasini taʼminlash to‘g‘risidagi“ yangi Qonun talabiga ko‘ra, Yaponiyaga texnik amaliyotchilarni yuborish bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida yangi hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qilishgan.
2017-yil aprelda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv oʻtkazgan[18]. Uchrashuvda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish mexanizmlari, bu sohada tomonlar vakolatlarini aniqlashtirish, xolislik, adolat va oshkoralik prinsiplarini taʼminlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek O‘zbekistondan mehnat resurslari uchun kvotani oshirish va Koreyada ishlash uchun ruxsat berish jarayonini qisqartirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
2017-yil iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov Rossiya Federatsiyasining bandlik va mehnat federal xizmati rahbari o‘rinbosari Mixail Ivankov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazgan. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy safari vaqtida ikki davlat va hukumatlar rahbarlari o‘rtasida bir qator kelishuv va shartnomalar, xususan Rossiya Federatsiyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv muhokama qilingan.
2017-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Gruziya elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishni faollashtirishga aloqador ustuvor masalalarni muhokama qilishgan.
Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston hukumat aʼzolari orasida birinchilardan OAV bilan muloqot boshlagan vazir hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra Aziz Abduhakimov 2016-yil 19-may kuni OAV bilan onlayn matbuot anjumani oʻtkazgan[19].
2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[20].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.