Avstraliya stadioni
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Avstraliya Stadioni (ingl. Stadium Australia) - Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. 1996-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlari uchun qurilgan. Hozirda 83.500 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Stadionning sobiq nomi Telstra stadioni edi, keyin homiylik sabablarga koʻra nomi oʻzgarib, ANZ stadioni yoki Avstraliya stadioni deb atala boshlandi, koʻp maqsadli stadion. Stadion qurilishiga 690 milion Avstraliya dollari miqdorida mablagʻ sarflangan, New South Wales regbi klubining uy stadioni hisoblanadi. Futbol klublaridan Sydney FC futbol klubining uy stadioni hamdir. 2003-yili regbi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan, har yili milliy regbi ligasining grand finallari mana shu stadionda boʻlib oʻtadi.
Olimpiya stadioni, Homebush stadioni | |
---|---|
Sobiq nom(lar)i | Telstra stadioni (2002–2007) |
Joyi | Sidney, Avstraliya |
Koordinatalari | 33°50′50″S 151°3′48″E |
Asos solingan | Sentabr 1996 |
Qachon ochilgan | 6-mart 1999 |
Egasi | Avstraliya stadioni guruhi |
Operator | Avstraliya stadioni guruhi |
Yuzasi | Chim |
Inshoot narxi | A$ 690 million [1] |
Meʼmor | Populous |
Hajmi |
82,500 (Oval) 84,000 (Toʻrtburchak) 110,000 (Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000) |
Maydon oʻlchami | 170m x 128m (Oval) |
Maydon egalari | |
Yozgi olimpiada oʻyinlari 2000 New South Wales Blues (regbi) (1999–hozir) Canterbury-Bankstown Bulldogs (regbi)(1999–hozir) Sydney Swans (futbol) (2002–hozir) South Sydney Rabbitohs (regbi) (2006–hozir) New South Wales Waratahs (Super regbi) (2009–hozir) St George Illawarra Dragons (regbi) (2008, 2014-hozir) New South Wales Blues (kriket) Sydney Thunder (Katta Bash ligasi) (2012-hozir) GWS Giants (futbol) (2012–2013) AFC Osiyo kubogi 2015 Wests Tigers (regbi) (2005-2008, 2014-hozir) | |
Vebsayt | |
www.anzstadium.com.au |
Stadion dastlab 110,000 kishiga moʻljallanib dunyodagi eng katta olimpiya stadioni, hamda, Avstraliyaning eng ulkan stadioni boʻladi. 2003-yilgi qayta tamirdan keyin stadionning shimoliy va janubiy qanotlari qisqartiriladi, koʻchiriluvchi oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Bu oʻzgartirishlar natijasida stadionning toʻrtburchak maydoniga 83,500 va oval maydoniga 82,500 oʻrindiq ketadigan boʻldi va Avstraliyaning ikkinchi eng katta (Melbourne Cricket Ground maydonidan keyin) stadioniga aylandi.[2]
Stadionning nomi bir necha bor oʻzgargan, hozirgi Avstraliya nomi avval ham 1999 va 2002-yillar orasida nomlangan edi. 2002-yilda telekommunikatsiya kompaniyasi Telstra stadionga homiylik qiladi va stadion Telstra stadioni deb atala boshlanadi. 2007-yil 12-dekabrda Stadium Australia Group (SAG) ANZ Bank bilan shartnoma imzoladi va stadionning nomi ANZ stadioni deb atala boshlandi. Shimoliy va janubiy oʻrindiqlari ustidagi yopilgan ayvoni kengaytirildi. Hamda, stadionda yoʻlakchalar qurildi.[3]
Sana | Vaqt (UTC+11) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | Tomoshabin |
---|---|---|---|---|---|---|
10-yanvar 2015 | 18:00 | Oʻzbekiston | 1–0 | Shimoliy Koreya | B guruhi | 12,078 |
13-yanvar 2015 | 20:00 | Ummon | 0–4 | Avstraliya | A guruhi | 50,276 |
15-yanvar 2015 | 20:00 | Qatar | 0–1 | Eron | C guruhi | 22,672 |
19-yanvar 2015 | 20:00 | Qatar | 1–2 | Bahrayn | C guruhi | 4,841 |
23-yanvar 2015 | 20:30 | Yaponiya | 1–1 (qarangv, penaltilar: 4–5) | Birlashgan Arab Amirliklari | Chorak final | 19,094 |
26-yanvar 2015 | 20:00 | Janubiy Koreya | 2–0 | Iroq | Yarim final | 36,053 |
31-yanvar 2015 | 20:00 | Janubiy Koreya | 1–2 (qarangv) | Avstraliya | Final | 76,385 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.