Atlantika okeani hajmi boʻyicha ikkinchi (Tinch okeanidan keyin) okeandir. Yevropa va Afrikani Amerika qitʼasidan ajratib turadi. Sathi — 106.2 mln km², oʻrtacha chuqurligi — 3314 m, eng chuqur nuqtasi — Puerto Riko Botigʻi (8742 m).
Tabiiy geografik oʻrni
Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya orollari, sharqda Yevropa hamda Afrika, gʻarbda Shimoliy va Janubiy Amerika, janubida Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shimolidan janubiga 15 ming km, enining eng kambar joyi 2830 km (ekvator yaqinida). Maydoni dengazlari bilan birgalikda 91140,8 ming km², oʻrtacha chuqurligi 3332 m, suvining oʻrtacha hajmi 337541 ming km³ (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming km², suv hajmi 323613 ming km³).
Dengizlar nomi | Maydoni ming km² | Maksimal chuqurligi m |
---|---|---|
Azov | 40 | 14 |
Boltiq | 423 | 459 |
Irlandiya | 47 | 272 |
Karib | 2777 | 7680 |
Lazarev | 335 | 4500 |
Marmar | 12 | 1261 |
Sargasso | 6–7 mln. | 6995 |
Shimoliy | 565 | 809 |
O`rta | 2505 | 5121 |
Skosh | 1,3 mln. | 5000 |
Ueddell | 2910 | 5007 |
Qora | 413 | 2211 |
Atlantika okeani orollarining koʻpchiligi materikdan ajralib chiqqan boʻlib, qirgʻoqlar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, Katta Antil va qisman Kichik Antil orollari, Kanar, Yashil Burun, Folklend orollari va boshqalar). Okeanning ichki qismida orol kam. Borlari ham vulqon orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va boshqalar). Relyefi va geologik tuzilishi — Atlantika okeani tubidagi ulkan Oʻrta Atlantika tizmasi okeanning gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Bu tizmadan gʻarb va sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklari bor. Balandliklar gʻarbda Labrador, Shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; sharqda Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; janubida Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuqurligi 3000 m dan 7200 — 7300 m gacha. Eng chuqur joylari 8385 m, 8428 m. Suv osti togʻlarining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan koʻtarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, Yashil Burun, Fernandu-di-Noronya, San-Yelena, Tristan-da-Kunya o.lari va boshqalar). Okean tubidagi choʻkindilarning qalinlidagi baʼzi joylarda 800 — 1000 m ga yetadi. Tub jinslar materik yon bagarlarida chiqib qolgan. Chunonchi Oʻrta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi.
Atlantika okeani geografiyasi
Atlantika okeani meridian boʻylab katta masofada choʻzilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va janubida Antarktika iqlim mintaqasigacha boʻlgan iqlim mintaqalarini oʻz ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, yaʼni 40°shahri k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosferai vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari taʼsirida oʻrtacha kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar, Shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoli-sharqiy vajanubi-sharqiy (passat) shamollar hosil boʻladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi oʻrtacha kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom etadigan kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Havo temperaturasi qishda, fevralda (Atlantika okeanining janubiy qismida esa avg.da) ekvatorda 25° boʻlsa, 60° shahri k.da 0°, 60° j. k.da — 8 dan −10° gacha boʻladi. Atlantika okeanining chekka shimoliy gʻarbi va janubida temperatura — 25° va undan pastga tushadi. Yozda, yaʼni avg. oyida esa (Atlantika okeanining janubiy qismida fevral oyida) temperatura ekvatorda 26 — 28° boʻlsa, 60° shahri k.da 8 — 12° va 60° j. k.da 0 — 2° boʻladi.
Atlantika okeanining gidrologik rejimi
Atlantika okeanining gidrologik rejimi iqlim sharoitlari taʼsirida, qoʻshni okeanlar hamda Oʻrta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi quruqliklar taʼsirida vujudga keladi. Atmosfera sirkulyatsiyasi taʼsirida okean yuzasidaga oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal aylanma, shimoliy oʻrtacha va janubiy yuqori kengliklarda esa siklonal aylanma harakat qiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi boʻlgan Shimoliy Atlantika oqimi gʻarbiy va shimoliy tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° shahri k. bilan 30° j. k. orasidagi yuzasi quyosh energayasini koʻproq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiklik atmosferaga oʻgib turadi. Iliq va sovuq oqimlar taʼsirida suvning temperaturasi kenglik zonalarida katta farq qiladi. 30° shahri k.dan shimda, gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 10° past boʻladi. 30° shahri k. bilan 40° j. k. orasida esa aksincha: bu yerda gʻarbda temperatura sharqdagiga nisbatan 5° yuqori.
Suvning shoʻrligi
Suvning shoʻrligi suv balansiga bogʻliqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 mm suv bugʻlanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 mm yogʻin yogʻadi va quruklikdan 200 mm yogʻinga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 — 1660 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 mm, 60° shahri k.da 780 mm, 60° j. k.da esa atigi 320 mm suv bugʻlanadi. Ekvatorga eng koʻp — yiliga 1770 mm yogʻin yogʻadi, 20° shahri k.da esa 640 mm, 20° j. k.da 270 mm yogʻin yogʻadi. Oʻrtacha kengliklarda esa yogʻin miqdori yiliga 1100- 1200 mm ga yetadi. Shunga kura tropik va subtropik kengliklarda suv ayniqsa shoʻr (37,25 ‰), ekvatorda 35 ‰, janubiy oʻrtacha kengliklarda 34 ‰ va Antarktida yaqinida 33,6 ‰ −33,8 ‰, shimoliy oʻrtacha kengliklar gʻarbida 32 ‰, sharqida 35,5 ‰. Atlantika okeanining yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/m³, yuqori kengliklarda 7,5 l/m³ gacha. Suv koʻtari-lishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qoʻltigʻida suv koʻtarilishi 18 m ga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland koʻtariladigan joy yoʻq. Atlantika okeanining oʻrta qismida suv koʻtarilishi 1 m ga yaqin, qolgan joylarida 0,5 dan 2,2 m gacha. Koʻplab muz va aysberglar okeanning oʻrta qismiga Shimoliy Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan oʻrtacha chegarasi taxminan. 40° shahri k.dan oʻtadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining janubiy qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil boʻladi. Noyabr-dekabr oylarida aysberglar ayniqsa koʻpayadi va okeanning oʻrta qismida 40° j. k.da, gʻarbiy va sharqiy qismlarida esa 35° j. k.da koʻplab aysberglar uchraydi.
Oʻsimliklar dunyosi
Atlantika okeani oʻsimlik dunyosi juda xilma-xil. 100 m gacha chuqur boʻlgan qismi (okean tubining 2 %) suv tubi oʻsimliklari (fitobentos) qoʻngʻir, yashil va qizil suvoʻtlardan, shuningdek shoʻr suvda oʻsa oladigan gulli oʻsimliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya)dan iborat. Atlantika okeanining 20° shahri k. bilan 40° shahri k. orasida va 30° gʻ. u. orasida Sargasso den-gizi joylashgan. Bu dengizda sargass deb ataladigan qoʻngʻir suvoʻtlar nihoyatda koʻp. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 m li ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 m li ustki qismida esa ayniqsa koʻp. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvoʻtlardan iborat. 1 m³ suvda 1 mg dan 100 mg gacha fitoplankton bor.
Hayvonot olami
Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil boʻla boradi. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi boʻlsa, tropik kengliklarda oʻnlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va moʻtadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabugʻasimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbaqasimonlar va baʼzan qanot oyokdi mollyuskalar koʻpchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, yaʼni sovuq va moʻtadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va boshqalar) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbakalari, qiskichbakasimonlar, akulalar, uchar baliklar, krablar, marjon poli-plari, ssifoid meduzalar, sifonofo-ralar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan iborat.
Tadqiq qilinish tarixi
Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan maʼlum boʻlgan: miloddan 1200 yil oldin fini-kiyaliklar, 300 — 100 yil oldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va Shimoliy Afrika qirgʻoklariga yaqin qismlarida, 9-10-asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15-asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yoʻllarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 −1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vaskoda Gama (1498) sayohatlari alohida oʻrin tutadi. 1520-yil F. Magellan dunyo boʻylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan oʻtgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida maʼlumot berdi. Atlantika okeanini oʻrganishda Xalqaro geofizika yili davrida oʻtkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shundan soʻng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkor-liqda oʻrgana boshladilar. Atlantika okeani Hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan oʻrganilmoqda.
Atlantika okeani iqtisodiy va strategik ahamiyati
Atlantika okeani muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60 %, baliqovlashning 40 % toʻgʻri keladi. Suyuq yoqilgʻi va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa koʻp tashiladi. Atlantika okeani orqali oʻtgan dengiz va havo yoʻllari bir qitʼani ikkinchisi bilan bogʻlaydi. Trans-Atlantika havo yoʻllarining koʻp qismi Shimoliy Atlantika orqali oʻtadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va boshqa poytaxt shaharlarni AQSH va Kanada shaharlari bilan bogʻlaydi. Yevropa bilan Janubiy Amerika orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning koʻpchiligi Atlantika okeani havzasida joylashgan. Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo zaxiralariga boyil Meksika va Biskay qoʻltigʻi,Shim., Karib va Oʻrta dengizlari materik sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qoʻltigʻidan — oltingugurt, Nyufaunlend qoʻltigʻidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirgʻoqlari yaqinidan olmos va boshqa foydali qazilmalar olinadi.
Adabiyotlar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Okeanlar (Ularning barchasi dunyo okeanining bir qismidir) |
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.