From Wikipedia, the free encyclopedia
Astrolyabiya (lotincha astrolibium), usturlab – joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, obyektning azimutini, yulduzlarning chiqish va botish paytlarini, shuningdek amaliy astronomiyanit boshqa masalalarini hal qilishda ishlatiladigan koʻchma astronomik asbob. Astrolyabiya qadim zamonlardan (miloddan avvalgi 2-asrdan) beri maʼlum. Turli davrlarda tuzilishi va tashqi koʻrinishi turlicha boʻlgan. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Astrolyabiya darajalarga boʻlingan doira, chizgʻich va vizirlovchi dioptrdan iborat. Yoritqich balandligini aniqlash paytida Astrolyabiya maxsus halqa yordamida osib qoʻyilgan (rasmga q.) 17-asrda tayyorlangan Astrolyabiyalarning biri Toshkentdagi tarix muzeyida saqlanmoqda. Astrolyabiya gorizontal burchaklarni oʻlchashda keng qoʻllangan. Hozir qoʻllaniladigan Astrolyabiya astrometriya muammolarini hal qilishda keng ishlatiladigan murakkab asbob. Shulardan biri Danton Astrolyabiyasi deyiladi. Uning yordamida vaqtni, geografik kenglama va uzunlamani aniqlash, Yer qobigʻining harakatini tekshirish mumkin[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.