Togʻli Qorabogʻ respublikasi

From Wikipedia, the free encyclopedia

Togʻli Qorabogʻ Respublikasi yoki Artsax Respublikasi — dengizga chiqish imkoniyati yoʻq, dunyo davlatlari tan olmagan Kavkazortidagi davlat. Ushbu mamlakat 1991-yil 2-sentyabrda oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan. Togʻli Qorabogʻ Respublikasi Old Osiyoning Kavkazortidagi Arman togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Armaniston biilan, shimolda va sharqda Ozarbayjon bilan, janubda Eron bilan chegaradosh.

Bosh Assambleya tomonidan 2008-yilning 14-martida qabul qilingan rezolyutsiya — 62/243. Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridagi holat[1]

Ozarbayjon Respublikasining Togʻli Qorabogʻ hududi va uning atrofida qurollangan mojaro jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solishda tavom etayotganidan jiddiy tashvishlanib va uning gumanitar holat va Janubiy Kavkaz mamlakatlarida rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni hisobga olib,

  1. Ozarbayjon Respublikasi suverenligi va hududiy daxlsizligini, uning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida hurmat qilish va quvvatlash haqida eʼlon qiladi;
  2. Ozarbayjon Respublikasining barcha bosib olingan hududlaridan barcha armani qurolli kuchlarini darhol, toʻliq va soʻzsiz olib chiqishni talab qiladi;

Mustaqillikka erishgan sana1991-yil 2-sentyabr
Maydoni11.500 km.kv
Aholi soni146.000 (2013)
PoytaxtiXonkendi
Rasmiy tiliArman tili
Pul birligiQorabogʻ Drami, Arman Drami
Boshqaruv shakliRespublika
PrezidentiBako Saakyan
Tan olgan mamlakatlarAbxaziya, Janubiy Osetiya, Pridnestrovye

Tugatilishi

2023-yil 28-sentyabrda Artsax prezidenti keyinchalik 2024-yil 1-yanvargacha respublikaning barcha institutlarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, ammo prezident keyinchalik bu farmonni bekor qilishga uringan. 2023-yil 1-oktyabrga kelib, mintaqaning deyarli barcha aholisi Armanistonga qochib ketdi.

Yana qarang

Manbalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.