From Wikipedia, the free encyclopedia
Donetsk xalq respublikasi (qis. DXR; ruscha: Донецкая Народная Республика; ДНР) —Sharqiy Yevropadagi tan olinmagan davlat[1]. LXR bilan bir qatorda u Donetsk toshkoʻmir havzasidagi tan olinmagan politiylardan biridir.
Donetsk xalq respublikasi (DXR) Донецкая Народная Республика
| |
---|---|
Shior: ' | |
Poytaxt | Donetsk |
Eng katta shahar | Donetsk |
Rasmiy til(lar) | Ruscha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
• Rahbar |
Denis Pushilin |
• Oliy Kengash Prezidiumi Raisi |
Aleksandr Ananchenko |
Mustaqillik (Ukrainadan) | |
• Sana |
7-aprel 2014-yil |
Vaqt mintaqasi | UTC+ 2 |
Qisqartma | DXR |
Ukrainalik, shuningdek, bir qator xalqaro ekspertlarning fikricha, Ukrainaning Lugansk viloyati hududining bu qismi LNR emas, balki Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi[2].
2022-yil 21-fevral kuni oʻzini oʻzi mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni soʻraydi[3].
Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin shoshilinch tarzda navbatdan tashqari RF Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi va DXR hamda LXRni mustaqil davlatlar sifatida tan olish boʻyicha qaror qabul qilishini aytdi[4].
Hurmatli hamkasblar, fikringizni eshitdim. Qaror bugun qabul qilinadi
— V.V. Putin
Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi hujjat hamda doʻstlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzoladi.
Allaqachon pishib-yetilgan qarorni qabul qilish: zudlik bilan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olish zarur deb hisoblayman. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisidan bu qarorni qoʻllab-quvvatlashini soʻrayman
— [5]
Venesuela Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donbassda tinchlikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanali efirida aytib o‘tdi.[6]
Venesuela Rossiyada tinchlikni saqlash, o‘z xalqi va vatanini jasorat bilan himoya qilishda prezident Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi. O‘zimizni ming marta takrorlangan yolg‘onga aldanib qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz. Putin tinchlik huquqi va o‘z xalqining qadr-qimmatini himoya qilishini yaxshi bilamiz.
— Nikolas Maduro
2022-yil 13-iyul kuni DXR rahbari Denis Pushilin oʻzining telegram kanalida KXDR Donetsk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan olganini ma’lum qildi va quyidagilarni yozdi[7]:
Donetsk Xalq Respublikasining xalqaro maqomi va davlatchiligi mustahkamlanishda davom etmoqda. Bu diplomatiyamizning yana bir g‘alabasi
— D. Pushilinning rasmiy telegram kanali.
Uning fikriga ko‘ra, ushbu qaror kelajakda munosabatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Biz Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlagani uchun KXDR xalqiga minnatdorlik bildiramiz
— D. Pushilin.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.