From Wikipedia, the free encyclopedia
„Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film.[1][2][3] Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.
Armon | |
---|---|
„Armon“ filmidan skrinshot. Yodgor Saʼdiyev (oʻngda) Boʻri rolida | |
Rejissyor(lar) | Melis Abzalov |
Ssenariynavis(lar) |
Rihsivoy Muhammadjonov Vladimir Sokolov |
Rollarda |
Oybarchin Bakirova Dilorom Egamberdiyeva Baxtiyor Zokirov Obid Yunusov Yodgor Saʼdiyev Ra’no Zokirova Diyas Rahmatov |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Davomiyligi | 87 minut |
Mamlakatlar | Oʻzbek SSR, SSSR |
Til | oʻzbekcha |
1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.