From Wikipedia, the free encyclopedia
Aram Simonovich Vardanyan (Arm. Արամ Սիմոնի Վարդանյան; 1995-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — kelib chiqishi arman boʻlgan oʻzbek yunon-rum kurashchisi. Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori. Aralash yakkakurash boʻyicha mashhur jangchi Eduard Vartanyanning amakivachchasi.
Aram Vardanyan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | arman. Արամ Վարդանյան |
Fuqaroligi | |
Tavallud sanasi | 1995-yil 11-noyabr |
Boʻyi | 175 sm |
Vazni | 72 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
Medallar | |
Jahon chempionatlari Nur-Sulton 2019 Osiyo chempionati Bankok 2016 Bishkek 2018 Osiyo yakkakurashlari va yopiq inshootlardagi oʻyinlari Ashxobod 2017 |
1995-yilda tugʻilgan. Toshkent shahri Uchtepa tumani „Nayman“ mahallasi sportchisi.
2016-yilda 66 kilogrammgacha vazn toifasida Bangkokda oʻtkazilgan Osiyo chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Ikki yildan soʻng u Bishkekdagi Osiyo chempionatida uchinchi boʻlib, ammo boshqa vazn toifasida 72 kilogrammgacha boʻlgan musobaqada muvaffaqiyatini takrorlagan.
2017-yilda yakkakurash boʻyicha Osiyo oʻyinlarida va 2017-yili Ashxobodda boʻlib oʻtgan yopiq inshootlardagi musobaqada 71 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yil Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan sayyora chempionatida 72 kilogramm vazn toifasida Aram finalda rossiyalik polvon Mantsigov Abuyazidga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.