From Wikipedia, the free encyclopedia
Apple A14 Bionic – Bu Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan 64 bitli ARMv8.5-A ga asoslangan chip (SoC) tizimi.Bu chip 4-avlod iPad Air va 10-avlod iPad da shuningdek iPhone 12 Mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max da paydo boʻladi . Apple taʼkidlashicha, markaziy protsessor (CPU) A12 dan 40% ga tez ishlaydi yana grafik ishlov berish bloki (GPU) esa A12 dan 30% gacha tezroq. Shuningdek, u 16 yadroli neyron dvigateli hamda mos ravishda 10 barobar tezroq ishlaydigan yangi matritsasini tezlatgichlarni oʻz ichiga olagan[1][2].
Apple A14 Bionic Apple tomonidan ishlab chiqilgan 64 bitli 6 yadroli protsessorga ega chip boʻlib, ARMv8 ni amalga oshiradi. 2 ta yuqori unumdorlikdagi Firestorm yadrolari va 4 ta energiya tejovchi Icestorm yadrolari bilan ishlaydi[3].
A14 Apple tomonidan ishlab chiqilgan 4 yadroli grafik protsessorni A12 ga qaraganda 30% tezroq grafik ishlashi bilan birlashtiradi[2]. A14 Apple yangi 16 yadroli Neyron Dvigatel deb ataydigan maxsus neyron uskunasini oʻz ichiga oladi[2]. Neural Engine soniyasiga 11 trillion operatsiyani bajarishi mumkin[2]. Alohida Neyron Dvigateliga qoʻshimcha ravishda, A14 CPU chipi 2-avlod oʻrganish (matritsasi skaler koʻpaytirish) tezlatgichlarini oʻz ichiga oladi .(Apple ularni AMX bloklari deb ataydi)[2][4]. A14 shuningdek, yaxshilangan hisob-kitob va suratga olish imkoniyatlariga ega yangi tasvir protsessorini oʻz ichiga oladi[5].
A14 TSMC tomonidan 1-avlod 5 nm o'lchamda 1-tijorat maxsulotiga aylangan. Transistorlar soni 11,8 milliardga oshdi, bu A13 tranzistorlari soni 8,5 milliard boʻlganidan 38,8% ga koʻp[6][7]. Semianalysis maʼlumotlariga koʻra, A14 protsessorining oʻlchami 88 mm 2, tranzistor zichligi mm 2 uchun 134 million tranzistor[8]. U iPhone 12[9] da 4 GB LPDDR4X xotirasi va iPhone 12 Pro da 6 Gb LPDDR4X xotirasi bilan birga paketdagi paketda (PoP) ishlab chiqariladi[9].
A14 HEVC yoki H.264 uchun video kodek kodlashni qoʻllab-quvvatlaydi. U MPEG‑4 HEVC, H.264 va Motion JPEG uchun dekodlashni qoʻllab-quvvatlaydi[10].
Keyinchalik A14 turli xil Macintosh hamda iPad modellarida ishlatiladigan M1 seriyali chiplarga asos sifatida ishlatiladi.
Quyidagi jadvalda „Firestorm“ hamda „Icestorm“ mikroarxitekturalariga asoslangan xar xil SoClar koʻrsatilgan.
Variant | Markaziy protsessor yadrolar (P+E) | GPU yadrolari | GPU EI |
Grafika ALU |
Xotira (GB) | Transistor </br> hisoblash |
---|---|---|---|---|---|---|
A14 | 6 (2+4) | 4 | 64 | 512 | 4–6 | 11,8 mlrd |
M1 | 8 (4+4) | 7 | 112 | 896 | 8–16 | 16 mlrd |
M1 | 8 | 128 | 1024 | |||
M1 Pro | 8 (6+2) | 14 | 224 | 1792 | 16–32 | 34 mlrd |
M1 Pro | 10 (8+2) | |||||
M1 Pro | 16 | 256 | 2048 | |||
M1 Maks | 10 (8+2) | 24 | 384 | 3072 | 32–64 | 57 mlrd |
M1 Maks | 32 | 512 | 4096 | |||
M1 Ultra | 20 (16+4) | 48 | 768 | 6144 | 64–128 | 114 mlrd |
M1 Ultra | 64 | 1024 | 8192 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.