oʻzbek jurnalisti va shoiri (1947— 2020) From Wikipedia, the free encyclopedia
Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar — 2020-yil 11-aprel) oʻzbek jurnalisti va shoiridir. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1946—1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.
Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970—1971), tumandagi „Paxta uchun“gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978);
Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muharrir (1979—1981) boʻlgan. 1981—1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986—1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988—1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989—1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti.
Anvar Obidjon „Ona–er“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qarag’ay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „Alamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq xangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. U aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi.
Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.