Angela Bettis
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Angela Marie Bettis (1973-yil 9-yanvarda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa, produser va rejissor. Girl, Interrupted (1999) dramatik filmidagi Janet Webber rolidan soʻng u „Carrie“ (2002) televizion filmidagi Carrietta White va „May“ (2002) psixologik qoʻrqinchli filmidagi bosh qahramon obrazlari bilan mashhurlikka erishadi. May filmi uchun aktrisa eng yaxshi ayol roli uchun Brussels xalqaro festivali mukofotini, Kataloniya xalqaro kinofestivalining eng yaxshi ayol roli uchun mukofotini va eng yaxshi aktrisa nominatsiyada Fangoria Chainsaw mukofotini qoʻlga kiritgan. U The Woman (2011) qoʻrqinchli filmida Belle Cleek rolini, „12 Hour Shift“ (2020)nomli qora yumorga boy filmda Mendy rolini oʻynagan. 12 Hour Shift u dahshatli filmdagi eng yaxshi aktrisa uchun tanqidchilar tanlovi mukofotiga nomzod boʻlgan.
Remove ads
Kinodagi faoliyatidan tashqari, Bettis Broadway teatrida ikkita spektaklda ham rol oʻynagan. 1996-yilda Frank Langella bilan "The Father" va 2002-yilda Liam Neeson va Laura Linney bilan birga Arthur Millerning „The Crucible“ filmining premyerasida Abigail Williams rolida koʻrinish bergan.
Remove ads
Hayoti va faoliyati
Uning debyut roli 18 yoshida Franco Zeffirelli tomonidan suratga olingan „Sparrow“ romantik tragediyasidagi bosh rolni ijro etgan. Keyinchalik u "The Last Best Sunday" deb nomlangan filmda rol oʻynaydi. Undan oldin „Girl, Interrupted“ filmida Winona Ryder va „Bless the Child“ filmida Kim Basingerni qoʻllab-quvvatlaydi.
Bettis Brian De Palmaning 1976-yilgi klassik asarining televidenie uchun remeyki boʻlgan Carrie filmida Carrietta White rolini oʻynaydi. Ushbu roli orqali aktrisa maqtovga sazovor boʻladi. New York Post muxbiri Linda Stasi uning oʻyinidan hayratda qoladi va Bettis oʻzining aktyorligi uchun Emmy olishi kerakligini aytiladi[3]. The New York Times gazetasi uchun yozgan Ron Wertheimer Bettis qahramonning his-tuygʻularini yaxshi ifodalaganini aytadi va film „Bettis xonimga bunday haqiqiy aktyorlik uchun juda kam imkoniyatlarni taqdim etayotganidan“ afsusda ekanligini taʼkidlaydi[4].
U 1970-yillardagi noaniq dahshatli filmning faqat nomi uchun remeyk boʻlgan Tobe Hooperning Toolbox Murders sarlavhasi bilan chiqadi.
U, shuningdek, jinoiy triller Scar filmida ham rol oʻynagan[5]. U Dexter serialining beshinchi mavsumi telekoʻrsatuvida Jordan Chasening birinchi qurboni Emily Birch rolida mehmon rolini oʻynagan[6].
Remove ads
Filmografiyasi
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads