Angel Coulby
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Angel Leonie Coulby (1980-yil 30-avgustda tugʻilgan) — kino, televideniye va teatrdagi ingliz aktrisasi. U BBCning Merlin fantastik serialida Gven (Guinevere) obrazini tasvirlagani orqali tanildi.
Remove ads
Yoshligi
Coulby Londonning Islington shahridagi Finsberi bogʻida tugʻilib oʻsgan va kelib chiqishi afro-gayanlikdir[1][2][3]. U Edinburgdagi Qirolicha Margaret universitetida aktyorlik fakultetida tahsil oldi, birinchi darajaga erishdi va 2000-yilda Lorens Olivier stipendiyasi bilan taqdirlandi[4][5]
Karyerasi
Coulby ilk marotaba Scariest Places on Earth filmi epizodida arvoh bilan kutilmaganda uchrashib qolgan talaba sifatida rol oʻynagan. U 'Orribledagi roli orqali rovijlandi. Keyinchalik u Guinevere sifatida BBC Oneda namoyish etilgan Merlin teleserialida oʻynash uchun tanlandi.
Los Angeles Times bilan intervyuda Coulby kamtar va sodda xizmatkor qiz bilan boshlanib, juda uquvli qirolicha darajasigacha yetish kabi aktyor sifatidagi „safar“ni yoqtirgani va kasbi boʻyicha bu imkonga ega boʻlish juda yaxshiligi haqida aytgan. Coulby ushbu serialning barcha 5 faslida, 65 qismning 61 tasida rol oʻynadi.
Coulby BBC Two Stephen Poliakoffning Dancing on the Edge nomli 6 qismli 2013-yilgi drama serialida jaz qoʻshiqchisi Jessie bosh/yulduzli rolini Chiwetel Ejiofor, John Goodman, Matthew Goode, Anthony Head va Jacqueline Bisset bilan oʻynagan.
2013-yil Fevral oyida Coulby The Tunnelda, Skandinaviya jinoyat dramasining Britaniya-Fransuz qayta ishlanmasi boʻlgan The Bridgeda rol oʻynashi eʼlon qilindi. U Stephen Dillane va Clémence Poésy bilan birgalikda rol ijro etdi. Birinchi serial 2013-yil oxirida efirga uzatildi va Coulby 2-serial uchun rolini 2016-yilda oʻynadi.
Coulby 2014-yildan keyin birinchi marta 2020-yilning fevral oyida Almeida teatridagi Rupert Gooldning 2020-yilning avgust oyida suratga olingan va BBC Fourda namoyish etilgan Albionida sahnaga qaytdi[6].
Coulby Apple TV+ning ibroniy tildagi False Flag serialining qayta ishlanmasi boʻlgan Suspicion trillerida 2020-yilning mart oyida qoʻshildi[7] Coulby unda Vanessa Okoye rolini oʻynadi.
2021-yilning iyun oyida Coulby The Net serialida Diana qahramonini ijro etishi eʼlon qilindi. Avstraliya futbol dramasi 2022 FIFA World Cupda namoyish etiladi.[8]
2021-yilning Noyabr oyida Coulby 2022-yilda Florian Zeller muallifligidagi Hampstead teatri mahsuloti boʻlgan The Forestda boʻlishi eʼlon qilindi. U Pierrening protagonisti jazman Sophie rolini oʻynaydi.[9]
Remove ads
Shaxsiy hayoti
2019-yilda Coulby 2018-yilda tugʻilgan oʻgʻliga[10] ona boʻlganini eʼlon qildi[11].
Filmografiyasi
Remove ads
Teatr
Remove ads
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads