Andrzej Duda

2015-yildan beri Polsha prezidenti From Wikipedia, the free encyclopedia

Andrzej Duda

Andrjey Sebastyan Duda (polyakcha: Andrzej Sebastian Duda; 16-may 1972-yil, Krakov, Polsha) – 2015-yil 6-avgustdan Polsha Prezidenti. Yevropa Parlamenti deputati. 2015-yil 24-mayda Polsha davlati rahbari etib saylangan[1][2]. Konservativ "Huquq va adolat" partiyasi (2015-yilgi saylov natijalariga koʻra hukmronlik qilgan) aʼzosi boʻlgan[3], 2014-2015 yillarda esa bu partiyadan Yevroparlament deputati boʻlgan[4][5].

Qisqa faktlar Hukumat boshligʻi, Oʻtmishdoshi ...
Andrjey Sebastyan Duda
Thumb
 10-Polsha Prezidenti
 
Mansab davri
2015-yil 6-avgustdan
Hukumat boshligʻi Eva Kopach
Beata Shidlo
Mateush Moravyetskiy
Donald Tusk
Oʻtmishdoshi Bronislav Komorovskiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-may 1972-yil (1972-05-16) (52 yosh)
Krakov
Mukofotlari
Andoza:Oq burgut ordeni (Polsha)Andoza:1-darajali Polsha tiklanishi ordeniAndoza:Xizmatlari uchun ordeni katta xochi (Portugaliya)
Andoza:Leopold I ordeni katta xochiAndoza:Oq sher ordeni katta xochi
Muqaddas Olaf ordeni katta xochi kavaleri
Vebsayti prezydent.pl
Yopish

Biografiyasi

1972 yil 16 mayda Krakovda tugʻilgan[6].

1996-yilda Krakovdagi Yagellon universitetining huquq va boshqaruv fakultetini tamomlagan[7]. 1997-yil fevral oyida Yagellon universitetining sud protsessual kafedrasida ilmiy va oʻqituvchilik faoliyatini boshladi. 2001-yil oktyabr oyida Yagellon universitetining maʼmuriy huquq kafedrasi xodimlariga qoʻshildi. 2005-yil yanvar oyida Yagellon universiteti huquq va boshqaruv fakulteti Maʼmuriy huquq kafedrasi mudiri Yan Zimmermann rahbarligida yozilgan doktorlik dissertatsiyasi asosida huquq fanlari doktori ilmiy darajasini oldi[8].

2006-yildan 2007-yilgacha Adliya vazirligida Davlat kotibi oʻrinbosari boʻlgan. Polsha prezidenti Lex Kachinskiy devoni sobiq davlat kotibi (2008-2010), "Qonun va adolat" partiyasidan Krakov shahar kengashi deputati (2010-2011), Seym aʼzosi (2011-2014). Polshada 2014-yil 25-mayda boʻlib oʻtgan Yevroparlamentga saylov natijalariga koʻra, mandat oldi va Seym aʼzoligidan isteʼfoga chiqdi.

2014-yil 6-dekabrda u Polsha prezidentligiga oʻz nomzodini koʻrsatish uchun partiyadan ruxsat oldi. 2015-yil 30-martda uning arizasi Milliy saylov komissiyasida roʻyxatga olingan.

2015-yil 10-mayda boʻlib oʻtgan Polshadagi prezidentlik saylovlarida eng koʻp ovoz (34,76%) toʻpladi va Polshaning amaldagi prezidenti Bronislav Komorovskiy bilan birga ikkinchi turga chiqdi[9]. 2015-yil 24-mayda boʻlib oʻtgan saylovning ikkinchi bosqichi natijalariga koʻra, Anjey Duda 53% ovoz toʻplab, Polsha prezidenti etib saylandi[10].

2016-yil 22-yanvarda Andrjey Duda Polsha Transplantatsiya Jamiyati 12-simpoziumining ochilishida donorlik kartasini imzolab, oʻlgan taqdirda oʻz organlarini topshirishni tayinladi va barcha polyaklarni ham shunday qilishga chaqirdi[11].

2020-yilda 51,03% natija bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi.

2022-yilning 22-noyabrida Bloomberg agentligi Polsha prezidenti Andrjey Duda pranker tomonidan oʻzini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sifatida koʻrsatganni tan olgani haqida xabar bergan edi[12].

2016-yil 20-mayda Duda koʻchalar, binolar va boshqa jamoat obyektlari nomlarida kommunizm „yoki boshqa totalitar tuzum「ni targʻib qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. 1944-1989-yillarda Polshadagi hokimiyat tizimini eslatuvchi" elementlarni yoʻq qilishga chaqirdi[13][14]. Polshada Qizil Armiya yodgorliklari buzila boshlandi[14].

Mukofotlari

Stara Planina ordeni (2016)

Oq burgut ordeni (2015)

Polshaning Uygʻonish davri ordeni Buyuk xochi (2015)

Portugaliya xizmatlari uchun Buyuk xoch (2008)

Muqaddas Olav ordenining Buyuk xochi (Norvegiya, 2016)

Buyuk Vitautas ordeni oltin zanjiri (Litva, 2019)

1-darajali Knyaz Yaroslav Donishmand ordeni, (2021, Ukraina)

Oltin Olimpiya ordeni (2022)

Vytis xochi ordeni Buyuk xochi (2023, Litva)

Seul shahrining faxriy fuqarosi (2018)

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.