From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrea Mantenya (Mantegna) (1431, Veneto — 1506.13.9, Mantuya) — italyan rassomi va oʻymakori, Uygʻonish davri namoyandasi, Paduya maktabi vakili. Qad. Rim haykaltaroshligi va meʼmoriy bezaklarini oʻrganishi, arxeologiya va epigrafika bilan shugʻullanishi M. sanʼatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. M. diniy kompozitsiyalarga inson shaxsining qudrati va afzalligini taʼkidlovchi qahramonona dunyoni anglash hissini olib kirdi. M. asarlari (Veronadagi San-Dzeno Majore cherkovi triptixi, 1457—59 va boshqalar)da uning ijodiga xos boʻlgan qimmatbaho emalga qiyoslanadigan boʻyoq qatlamining metall jilosi shakllandi; manzarali zamin va atrof muhitdan muhim omilni ajratib koʻrsata olgan. 1460-yildan Mantuyada Lodoviko Gonzago saroyida yashagan. M. asarlarida meʼmorlik (real va chizilgan) bilan rangtasvir uygʻunligiga erishdi (San-Jorjo qasridagi "Del Spoza xonasi", 1447 va boshqalar). "Sezar tantanasi" asarlar turkumi (1485—88) Qad. Rimning jiddiy ruhi bilan sugʻorilgan; maʼjoziy mifologik kompozitsiyalari, monoxrom kartinalar turkumi ("Parnas", 1497; "Samson va Dalila", 1500-yil) soʻnggi davr asarlariga mansub. M. gravyuralari ("Dengiz xudolarining jangi", 7 ta mis gravyura va boshqalar) obrazlarining mahobatliligi bilan uning rangtasviridan qolishmaydi, ularda kandakori nafis shakllar nozik chiziq (shtrix)lar bilan uygʻunlashgan.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.