Amitoz
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amitoz (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mitoz) — yadroning xromosomalar hosil qilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlinishi. A. hujayraning boʻlinishi yoki sitoplazma boʻlinmasdan faqat yadroning boʻlinishi, yaʼni ikki va koʻp yadroli hujayraning hosil boʻlishi bilan sodir boʻlishi mumkin. A. odatda ixti-soslashgan, oʻlib ketadigan hujayralar, ayniqsa sut emizuvchilar murtagi pardasi hujayralari uchun xos. A.ga uchragan hujayralar keyinchalik mitotik usulda koʻpayish qobiliyatini yoʻqotadi. Keyin-gi tadqiqotlar A.ni yadroning eng sodda boʻlinish shakli sifatida ilgari mav-jud boʻlgan fikrlarni tasdiqlamadi. Infuzoriyalar vegetativ yadrosi (makro-nukleus)ning toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlinishi sirtdan Karaganda A.ga oʻxshab ketsa ham, aslida mitozning shakl oʻzgarishi tufay-li paydo boʻlgan yangi tipdagi boʻlinish hisoblanadi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.