Amir Olimxon madrasasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amir Olimxon madrasasi[1][2] — 1915-yilda mang‘it hukmdori Sayid Olimxon tomonidan Buxoro amirligining oʻsha paytdagi poytaxti — Buxoroda tashkil etilgan madrasa.
Amir Olimxon madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | Madrasa |
Material | Pishiq g‘isht |
Meʼmoriy uslubi | Markaziy Osiyo arxitekturasi |
Qurila boshlagan | 1914 |
Qurilish tamomlangan | 1915 |
Ochilish sanasi | 1915 |
Xarita | |
Koordinatalari | 39°46′32″N 64°24′56″E |
Madrasa 1914—1915[2]-yillarda Buxoro amirligidagi soʻnggi hukmdori Said Olimxon mablagʻlari hisobidan sakkiz burchakli gumbazli bino saqlanib qolgan Qozi Kalon hammomi[3] oʻrnida qurilgan.
Madrasa Poyi-Kalon[4] ansambli maydonining janub tomonida, Miri Arab madrasasi[3] yonida joylashgan.
Buxoroda Sovet hokimiyati o‘rnatilgach madrasa yopib qo‘yildi. 1924-yil boshidan yodgorlik shahar kutubxonasi vazifasini bajargan[3]. Keyinchalik O‘zbekiston SSR davrida madrasa Pavlik Morozov nomidagi bolalar kutubxonasiga aylantirildi.
Endilikda Oʻzbekistonning „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati“ga kiritilgan[5]. Hozirgacha kutubxona sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
2011-yilda madrasada taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan[1].
Imom Sobirjon Mustofiy „Vaqt“ gazetasida chop etilgan „Buxoroda madrasa taʼsis etiluv munosabatila“ nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars o‘tgani haqida maʼlumot bergan. Madrasada tafsir, hadis, kalom, fikh, usuli fikh, hisob, tajvid, tarix fanlaridan taʼlim berish belgilab qo‘yiladi. Madrasaning nizomnomasida bu o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchining ikkinchi madrasada o‘qishi taʼqiqlanib, har yili tahsilning oxirida talabalarni imtihon qilish qatʼiy belgilab qo‘yilgan. Madrasa tashkil etilgan vaqtda unga faqat buxoroliklarni taʼlim olishiga ruxsat berilgan bo‘lib, keyinchalik chetdan kelgan o‘quvchilar ham qabul qilingan. „Vaqt“ jurnaliga Buxorodan kelgan bir maktubda 1915—1916-o‘quv yilida tataristonlik Is’hoq Sayfiddin madrasaga tahsil olish uchun qabul qilinganligi qayd etilgan[6]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.