Amiens
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amiens (talaffuzi: Amyen) Fransiyaning Pikardiya mintaqasida joylashgan shahardir. Somme departamenti Amiens tumani tarkibiga kiradi. Somma daryosi boʻyida joylashgan. Somma departamentining maʼmuriy markazi va Pikardiya tarixiy oʻlkasining eng katta shahri hisoblani. Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik sanoati (ip-gazlama, duxoba va trikotaj toʻqish), metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari bor. Qadimda Amiensda gallarning ambian qabilasi (shahar nomi shundan) yashagan. Amiens tarixiy voqealarga boy. Shahar Ikkinchi jahon urushi davrida qattiq shikastlangan. Uni qayta tiklashda tarixiy qiyofasi asrab qolingan. Fransiyada eng katta Notr-Dam gotika sobori (13-15-asrlar) hamda 13-18-asrlarga oid boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan[1].
Amiens Amyen | |
---|---|
Shahar | |
49°54′0″N 2°18′0″E | |
Mamlakat | Fransiya |
Mintaqa | Pikardiya |
Departament | Somme |
Fransiya tumanlari|Arrondissement | Arrondissement Amiens|Amiens |
Hukumat | |
Maydon | 495 km2 (191 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 14 – 106 m |
Aholisi (1999) |
135,501 |
Zichligi | 2737,4 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Pochta indeks(lar)i | 80090 |
INSEE kodi | 80021 |
|
135.501 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 2737,4 nafar kishi.
Maydoni – 49,5 km2. Dengiz sathidan 14 – 106 m balandlikda joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.