AmaLee
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Amanda Lee (1992-yil 13-mart[2]), shuningdek, AmaLee nomi bilan tanilgan, amerikalik qoʻshiqchi, dublayj aktrisasi, YouTuber va Monarch nomi ostidagi VTuber hisoblandi[3]. Amanda YouTube[1]da anime va video oʻyin qoʻshiqlarining ingliz tilidagi coverlari bilan tanilgan, ular 1 milliard marta koʻrilgan va unga 2 milliondan ortiq obunachi[4] qoʻshilgan. Dublyaj aktrisasi sifatida Lee Dragon Ball Xenoverse 2, Kaguya-sama: Love Is War, Rio: Rainbow Gate!, SSSS.Dynazenon, Kageki Shojo!!, Girls' Frontline, Otherside Picnic, Adachi and Shimamura, My Dress-Up Darling, Aokana: Four Rhythm Across the Blue, One Piece Film: Red, va Honkai: Star Rail kabi anime va video oʻyinlarda ovoz bergan.
Remove ads
Lee shuningdek, koʻplab video oʻyinlar saundtreklari va qoʻshiqlari uchun vokal taqdim etgan, hamda Porter Robinson bilan Fellow Feeling filmida hamkorlik qilgan[5]. 2017-yilning boshida u oʻzining Nostalgia debyut albomini taqdim etdi, unda oʻyin va anime muxlislari tomonidan sevilgan 12 ta qoʻshiqning ingliz tilidagi versiyalari jamlangan. Albom Billboard Heatseekers Albumsda 6-oʻrinni[6], Billboard Independent Albumsda 27-oʻrinni[7] , Billboard Top Rock Albumsda 43-oʻrinni[8] va UK Independent Album Breakersda 12-oʻrinni egalladi[9].
Remove ads
Faoliyati
2006-yilda AmaLee anime muxlislari va video oʻyinchilar orasida mashhur boʻlgan oʻzining coverlari uchun qoʻlda tayyorlangan videolarni joylashtira boshladi. Keyinchalik 2010-yilda Lee doʻsti Annalie bilan YouTubeʼda LeeandLie nomi ostidagi kanal yaratdi[10]. Amandaning soʻzlariga koʻra, ularning kanal nomi uning ismidan Lee va doʻsti Annali ismidan Lie soʻzlarining birikmasidan iborat[10]. 2010-yilning 14-dekabrida LeeandLie oʻzining birinchi videosini, AmaLee tomonidan tarjima qilingan va ijro etilgan Ayashi no Ceres animesidagi Scarlet qoʻshigʻining coverini taqdim etishdi.
2011-yilda AmaLee Bang Zoom! Entertainment va Viz Media tomonidan, hamda Anime Expo, har yili Los-Anjelesda anime muxlislari uchun oʻtkaziladigan anjuman hamkorligida oʻtkaziladigan AX Idol qoʻshiqlar tanloviga qoʻshildi va bosh sovrinni qoʻlga kiritdi[1][11]. Oʻshandan beri u Dragon Ball Xenoverse 2, One Piece, Yandere Simulator, Gosick, Rio: Rainbow Gate!, K-On!!, va Show by Rock!! kabi shou va animelarda oʻz ovozini berish bilan shugʻullandi[12][13]. Shuningdek, AmaLee koʻplab video oʻyinlar saundtreklari va qoʻshiqlari uchun vokal taqdim etgan, Porter Robinson bilan hamkorligi bunga bir misol boʻlishi mumkin[5]. Bundan tashqari, Dragon Ball Super filmining oʻn birinchi yakuniy qismidagi Lagrima qoʻshigʻining inglizcha coverini kuylaganligi bilan ham mashhurdir.
2012-yilning 2-sentyabrida ular oʻzlarining eng koʻp koʻrilgan videosini, Sword Art Online animesidan Crossing Field qoʻshigʻining coverini yukladilar, 2022-yilning iyul oyida, bu video 23 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan[14] . 2014-yilda Annalie kanalni tark etdi va uni AmaLeega topshirdi. Bunga qaramasdan, kanal nomi oʻzgartirilmasdan, LeeandLie nomi ostida qolaverdi[15].
2017-yilning 7-yanvarida u oʻyin va anime muxlislari tomonidan sevilgan[16] 12 ta qoʻshiqning ingliz tilidagi versiyalarini birlashtirgan Nostalgia nomli birinchi albomini taqdim etdi[17]. Albom Billboard Heatseekers Albumsda 6-oʻrinni[6], Billboard Independent Albumsida 27-oʻrinni[7] va Billboard Top Rock Albumsida 43-oʻrinni egalladi[8]. 2017-yilning 22-sentyabrida u 5 ta original qoʻshiqni oʻz ichiga olgan Hourglass nomli EPni chiqardi[18][19].
2017-yilning iyul oyida Lee Los-Anjeles Anjumanlar Markazida Anime Expoda chiqish qildi[20]. 2017-yilning 22-avgustida AmaLee YouTube yulduzlari NateWantsToBattle va MandoPony bilan Amerika boʻylab The Cool and Good Tourda ishtirok etishi eʼlon qilindi[21]. AmaLee onlayn jang maydoni League of Legendsning 2019-yildagi reytingli mavsum treylerida vokal va matnlarni ijro etdi[22].
2021-yilning 11-dekabrida AmaLee Twitchda Monarch nomli yangi VTuber qahramonini taqdim etdii[23].
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads