From Wikipedia, the free encyclopedia
Amélie Simone Mauresmo (fransuzcha talaffuzi: [ameli simɔn moʁɛsmo] ; 1979-yil 5-iyulda tugʻilgan) — sobiq jahonning 1-raqamli tennischisi. Mauresmo 2006-yilgi Avstraliya va Wimbledon chempionatlarida ikkita yirik yakkalik chempionligini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yakkalik bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritadi.[1]
Amélie Mauresmo | |
---|---|
Mamlakat | Fransiya |
Istiqomat joyi | Jeneva, Shveysariya |
Tugʻilishi |
5-iyul 1979-yil Sent-Jermen-en-Laye, Fransiya |
Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) sm |
Professionallik | 1993-yil |
Faoliyati tugashi | 3-dekabr 2009-yil |
Ishlatadigan qoʻli | oʻng qol |
Murabbiy |
Loïc Courteau (2002-2008) Hugo Lecoq (2008-2009) |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori |
$US$ 15,022,476
|
Int. Tennis HoF | 2015-yil (aʼzolik sahifasi) |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 545–227 |
Jami titullari | 25 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 1 (2004) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (2006) |
French Open | QF (2003, 2004) |
Wimbledon | W (2006) |
US Open | SF (2002, 2006) |
Boshqa turnirlar | |
Grand Slam Cup | QF (1999) |
Tour Finals | W (2005) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 92–62 |
Jami titullari | 3 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 29 (26-iyun 2006-yil) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | QF (1999) |
French Open | 2R (1997, 1998) |
Wimbledon | F (2005) |
US Open | 3R (1999) |
Jamoa musobaqalari | |
Fed Cup | W (2003) |
Coaching career (2013-yil) | |
| |
Coaching achievements | |
Coachee Singles Titles total | 8 |
Mauresmo birinchi marta 2004-yil 13-sentyabrda o'zining eng yuqori reytingiga erishadi. U 2009-yil 3-dekabrda professional tennisdagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qiladi. Keyingi yili u bir nechta WTA va ATP oʻyinchilariga, jumladan Andy Murrayga murabbiylik qila boshlaydi.
Mauresmo Parijdan biroz shimoli-gʻarbda joylashgan Saint-Germain-en-Laye shahrida tugʻilgan. U 1983-yilda televizorda Yannick Noahning Fransiya Ochiq chempionatidagi gʻalabasidan ilhomlanib, toʻrt yoshida tennis oʻynay boshlaydi. Aynan u gʻalaba qozonganidan soʻng, Mauresmoning ota-onasi unga birinchi tennis raketkasini sotib olishadi. 1998-yilda Noah uni Fed kubogi uchun Fransiya jamoasiga tanlaydi. Uning onasi Françoise uy bekasi, otasi Francis esa muhandis boʻlgan. Uning akasi Fabien ham muhandis bolib ishlagan.
1999-yilda Avstraliya Ochiq chempionati finaliga chiqdi. U dunyoning 1-raqamli tennischisi Lindsay Davenport, dunyoning 2-raqamli tenischisi Martina Hingis bilan o'ynashdan oldin, uchta oʻyinchi ustidan gʻalaba qozonadi. Mauresmo Avstraliya Ochiq chempionati finaliga chiqqan ikkinchi fransuz ayoli edi; (Meri Pirs birinchi boʻlib, 1995-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan). U Ochiq davrda Katta Dubulgʻa finaliga chiqqan uchinchi fransuz ayoli bo'ldi.
Avstraliya Ochiq chempionatida Mauresmo oʻzining birinchi „Katta Dubulgʻa“ yakkalik turniri unvonini qoʻlga kiritadi va Belgiyalik sobiq dunyoning 1-raqamli tennischilari Kim Clijsters va Justine Heninni magʻlub etadi.
Dohada boʻlib oʻtgan Qatar Open turnirida Mauresmo yarim finalda Martina Hingisni 6:2, 6:2 hisobida magʻlub etadi, ammo finalda Nadiya Petrovaga imkoniyatni boy beradi. Agar u finalda gʻalaba qozonganida, u darhol Clijstersdan dunyoning 1-raqamli reytingini qaytarib olgan boʻlar edi. Shunga qaramay, natija Mauresmoning 2006-yil 20-martda dunyoning birinchi raqamli reytingiga qaytishini taʼminlash uchun yetarli boʻldi.
Mauresmo, Wimbledonda tizzasidan olgan jarohati tufayli ikki oylik tanaffus olishga majbur boʻldi. Tanaffusdan soʻng u Cincinnati Open yarim finalida Natali Dechiga 4-6, 6-3, 2-6 hisobida yutqazadi.[2] Keyin Mauresmo Pilot Pen tennis turnirining yarim finalida (New Havenda) peshqadam Chakvetadzega 3:6, 6:3, 1:6 hisobida yutqazadi. AQSh Ochiq chempionatida Mauresmo toʻrtinchi raundda 16-oʻrindagi Flavia Pennettaga 3:6, 0:6 hisobida magʻlub boʻladi.
2014-yilning 8-iyunida Mauresmo Endi Murreyning yangi murabbiyi sifatida eʼlon qilinadi.[3] 2014-yilning dekabrida FFT Mauresmo bilan Fed Cup shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishini eʼlon qiladi.[4] Uning murabbiyligi ostida Murrey 2015-yilgi Avstraliya ochiq chempionati finaliga chiqadi, ammo u toʻrt setda Novak Đokovićga yutqazadi. 2015-yilning may oyida Mauresmo Murreyning loydagi birinchi martaba titullarini, shu jumladan 2015-yilgi Madrid Open turnirini nazorat qiladi, bu esa Rafael Nadal ustidan birinchi marta loy kortidagi gʻalaba bilan yakunlanadi. Murrey Fransiya Ochiq chempionati va Wimbledon chempionati musobaqalarida ham yarim finalga chiqadi. Mauresmo 2015-yilning avgustida oʻgʻil dunyoga keltiradi va Wimbledondan keyin tugʻruq taʼtilida yil oxirigacha dam oladi. Murreyga Mauresmo yoʻqligida Jonas Björkman murabbiylik qilgan edi
Turnir | 1995 | 1996 | 1997 | 1998 | 1999 | 2000 | 2001 | 2002 | 2003 | 2004 | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | ||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Katta Dubulgʻa turnirlari | |||||||||||||||||
Avstraliya ochiq chempionati | A | 2 | 2 | 3R | F | 2R | 4R | QF | A | QF 1 | QF | V | 4R | 3R | 3R | 1/14 | 38-9 |
Fransiya ochiq chempionati | 1R 2 | 2R | 2R | 1R | 2R | 4R | 1R | 4R | QF | QF | 3R | 4R | 3R | 2R | 1R | 0 / 16 | 25-15 |
Wimbledon chempionati | A | A | Q3 | 2R | A | 1R | 3R | SF | A | SF | SF | V | 4R | 3R | 4R | 1/11 | 35-9 |
Amerika ochiq chempionati | A | A | A | 3R | 4R | A | QF | SF | QF | QF | QF | SF | A | 4R | 2R | 0 / 11 | 35-10 |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 3-1 | 2-2 | 4-3 | 5-4 | 10-3 | 4-3 | 9-4 | 17-4 | 8-2 | 17-3 | 15-4 | 22-2 | 8-3 | 8-4 | 6-4 | 2 / 53 | 127-42 |
Natija | Chempionat | Maydon | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|
Yoʻqotish | Avstraliya ochiq chempionati | Qattiq | Martina Xingis | 2-6, 3-6 |
Gʻalaba | Avstraliya ochiq chempionati | Qattiq | Justine Henin | 6-1, 2-0 ret. |
Gʻalaba | Wimbledon chempionati | Maysa | Justine Henin | 2-6, 6-3, 6-4 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.