Alveola
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alveola bronxiolalarning tarmoqlanishi bilan hosil boʻlgan ingichka naychalarga ochilgan havo xaltachalarga aytiladi. Alveolalar bir qavatli yassi epiteliy toʻqimadan hosil boʻlgan, ustlari kapillyar tomir tarmogʻi bilan oʻralgan, gaz oʻzgarishi sodir boʻlodigan oʻpkaning vazifaviy birliklari hisoblanadi. Alveolalarda ikki turdagi epiteliy hujayrasi boʻladi: I turdagi hujayralar alveolalarni qoplovchi asosiy yassi hujayra guruhi sanaladi. II turdagi hujayralar qalinroq boʻlgan va surfaktant (yengil faol modda) ajratib chiqaruvchi hujayralardir. Surfaktant alveolalarda yuza tarangligini kamaytirib, alveolalarning yana-da oson shishishini va siqilishini taʼminlaydi. Shunday qilib, nafas olib chiqarish osonlashadi. Alveola devorining tiklanishida muhim rol oʻynaydi. Surfaktant yoʻqligida yuza tarangligi yuqori boʻlishi tufayli alveolalar yetarli nisbatda kengaya olmaydi. Alveolalarning taranglashishi bilan oʻpkada shish paydo boʻlishi mumkin. O‘pkalar homilada tugʻruqqa qadar berk boʻladi. Tugʻilganidan soʻng darhol ilk havo kirishi bilan kengaygan oʻpkalarning nafas chiqarish orqali alveolalarning takror bir-biriga yopishib berkilishiga surfaktant moddasi toʻsqinlik qiladi.
Har bir respirator bronxiola o‘z navbatida alveolyar xaltachalar bilan tugallanadigan alveolyar yo‘llariga bo‘linadi. Ikkala o‘pkada 20 ming atrofida respirator bronxiolalar bo‘ladi. Odamdagi alveolalarning umumiy yuzasi nafas olingan paytda taxminan 100–200 m² ga teng bo‘ladi. O‘pkada qon aylanishi- ning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Qon ikki xil tizim tomirlari bo‘ylab harakatlanib turadi. Bir tomondan o‘pka bronx arteriyalari orqali katta qon aylanish doirasidan arterial qon olib tursa, ikkinchi tomondan o‘pka arteriyalaridan venoz qon kirib, kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. O‘pka arteriyalarini tarmoqlari bronxial daraxt bilan birga alveolalargacha o‘tib borib, shu yerda kapillyar turini hosil qiladi[1].
Turli oʻchamdagi bronxlar havo oʻtkazuvchi bronx daraxtini hosil qiladi. Nafas bronxiolasi alveola naylari, alveola qopchalari va hamma alveolalar birgalikda alveola daraxtini yoki boshgacha aytganda oʻpka asinusini hosil qiladi. Havo bilan qon oʻrtasida gaz almashinuvi roʻy beradigan asinus oʻpkaning vazifaviy-tarkibiy birligi hisoblanadi. Bita oʻpkada 15 000 asinus boʻlib, avleolalar soni 300-500 millionga yetadi.
Alveolalar gaz oʻzgarishi sodir boʻladigan yuza maydonini kengaytiradi (taxminan 100 m² lik maydon va teri yuza maydonning 50 baravariga teng). Gaz oʻzgarishi sodir boʻladigan yuzalar yupqa, namchil muhitlar sanaladi. Namda erigan kislorod tezda epiteliydan oʻtadi. Kapillyar tomirlar tuzilmasining ingichkaligi va epiteliy hujayralarining bir-birga juda yaqin joylashganligi sababli gaz oʻzgarishi oson amalga oshadi. Alveolani hosil qilgan epiteliy toʻqimaning surfaktant ajratmasi kapillyarlardan alveolalarga suv oʻtishini bartaraf etib, nafas orqali ortiqcha suv yoʻqotilishiga toʻsqinlik qiladi. Ajratma tarkibidagi lipoprotein, alveolalarga elastiklik berib nafas chiqarishni osonlashtiradi[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.